• Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati
  • Davlat yong’in nazorati
  • 3. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik
  • “Sanoatkontexnazorat” agentligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    “Sanoatkontexnazorat” agentligi
    bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida 
    ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), 
    ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni 
    ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi. 
    Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati
    havo, suv va tuproqni ifloslanishdan 
    ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini 
    yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi. 
    Davlat yong’in nazorati
    yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining 
    holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi. 
    O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati
    korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi 
    qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi. 
    Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi. 
    I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib 
    chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko`radilar. 
    II pog’ona – har hafta tsex boshlig’i katta jamoatchig’nazoratchi bilan birgalikda 
    tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini 
    ko`radi. 
    III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi 
    bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo`yicha korxonada qaror 
    chiqariladi. 
    Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi 
    qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
    vazirligiga yuklatilgan. 
    3. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik 

    Download 3,02 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish