24
ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion
uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
Ishlab chiqrishdagi zararli omil
– ishchilarga ish vaqtida ta`sir etib kasallanishga yoki
ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar,
mineral o`g’itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida
namlikni ortishi yoki
kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi
– kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli
va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-
tadbirlar sistemasi.
SHikastlanish
– ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar
natijasida inson
organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.