23
beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish
joyida mehnat muhofazasi talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini
mehnat sharoiti bo`yicha attestatsiyadan o`tkazishga burchlidir.
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o`z hisobidan
tibbiy ko`rikdan o`tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi ishchilarni
faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlarini tashkil
etishi shart:
1. 18 yoshga to`lmaganlar;
2. 60 yoshga to`lgan erkaklar, 55 yoshga to`lgan ayollar;
3. nogironlar;
4. mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan
bog’liq ishlarda band bo`lganlar;
5. oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq
bo`lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlar;
6. umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bolalarga
ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Tibbiy ko`riklardan o`tishdan bo`yin tovlashga xodim hakli emas. Tibbiy
komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo`yin
tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo`ymaslikka haqlidir.
Agar ishchining sog’ligi ish sharoitining salbiy ta`sirida yomonlashgan bo`lsa u
navbatdan tashqari tibbiy ko`rikdan o`tkazishni talab qilishga haqli.
Tibbiy ko`riklardan o`tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi) mablag’i
hisobiga amalga oshiriladi.
Ish joylarida to`liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda mumkin emas.
SHu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish
omillarinining ishlovchilarga zararli ta`sirini eng kam darajaga keltirishga imkon
beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini
oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay
sharoitlarni yaratishdan iborat.