Hayot faoliyat xavfsizligini taminlashni moliyalashtirish




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

4. Hayot faoliyat xavfsizligini taminlashni moliyalashtirish 
Tabiat resurslaridan intensiv foydalanish va atrof muhitini ifloslantirish, ilmiy-
texnikaviy yangiliklarni jamoat ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalariga 
tomonlariga keng joriy etish, bozor munosabatlarining shaklllanishi har xil tabiiy (suv 
bosishi, er ko`chishi, tabiatdagi yong’inlar, er qimirlashlar va boshqalar), biologik 
(epidemiya, epizootiyalar), texnogen (yong’inlar, portlashlar, binolarning qo`lashi, 
radioaktiv moddalarning tarqalishi, hayotni taminlash sistemalaridagi avariyalar), 
ekologik 
(atmosferani 
anomal 
ifloslanishi, 
tuproqni 
sho`rlanishi, 
erlarni 
yalong’ochlanishi), antropogen (odamlarni xato ishlari oqibatida) va boshqalar bilan 
birga kuzatilmoqda. 
Ular og’ir iqtisodiy oqibatlarga (sanoat, qurilish, transport, yashash va kommunal 
xo`jalik sferalarida, qishloq xo`jaligida) olib kelmoqda. Bu o`z navbatida xavflardan 
insonni himoyalashni nafaqat samarali tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni 
shu bilan birga hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga ma`lum darajada mablag’ sarf 
etilishini taqoza etadi. 
Fan texnikaning revolyutsiyasi davrida ishlab chiqarishda erishilgan taraqqiyot har 
doim va xozir ham ishlab chiqarish muhitida hayot faoliyati xavfsizligiga salbiy ta`sir 
etuvchi zararli xavfli omillar darajasini oshishi orqali kuzatilgan.
Mamlakatimiz hududida ko`plab yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat 
ko`rsatmokda. Ularning ayrimlari atrof muhit va axoli uchun potentsiyal xavf 
hisoblanadi. Bu korxonalarning ba`zilaridagi texnologiyalarning nazorat va tartib 
intizomni past darajasi ishlab chiqarish ko`rsatkichiga ham salbiy ta`sirini ko`rsatadi. 
Bular natijasida bu korxonalarga investetsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish 
vositalarini yangilashda muammolar yuzaga kelib va iqtisodiy holat yanada 
nochorlashadi. Bu kamchiliklarning hammasi ishchilar mehnat sharoitlarining 
yaxshilanmasligiga, ularni hayot faoliyatiga xavf soladigan ishlab chiqarish muhitini 
ijobiy tomonga o`zgarmasligiga sabab bo`ladi. Bular ishchilar o`rtasida ishlab 
chiqarish jarohatlanishlarini, kasbiy kasalliklarini ko`paytiradi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida qayd qilingan kamchiliklarni mavjudligi ularda avariya 
holatlarini keltirib chiqaradi. Bunda ishchilarni kasbiy mahoratlarini pastligi ham 
sabab bo`ladi. Statik ma`lumotlarning qayd etishicha ishlab chiqarishdagi avariyalarni 
50 % dan ortig’i texnik xodimlarning noto`g’ri harakati natijasida sodir bo`ladi.


28 
Bu avariyalarni oqibatlarini tugatish korxona va davlat iqtisodiga katta zarar keltiradi. 
Masalan, Rossiya federatsiyasida yuz beradigan har xil texnogen avariyalarni iqtisodiy 
oqibatlarini tugatishga davlat yalpi mahsulotining 1…2 % mablag’i sarflanar va uning 
ko`rsatgichini 4…5 % ga o`sish xavfi mavjud ekan. Bu mablag’ soglikni saqlash va 
atrof muhitni muhofazasiga ajratilagan umumiy mablag’dan yuqoriligi qayd etilgan.

Download 3,02 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hayot faoliyat xavfsizligini taminlashni moliyalashtirish

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish