Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish, loyihalash, joriy qilish va
sanoat ekspluatatsiyasi jarayonida uning ishonchliligining
optim al darajasi
belgilanishi va o ‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari: texnologik
rejimning buzilishi, yaroqsiz, maqsadga qaratilgan mahsulotni to ‘la ishlab
chiqarm aslik, avariyalar, portlashlar, shuningdek tizim ni t a ’m irlashga
harajatlarning ortishi. Ayrim hollarda tizim ishonchliligi
darajasining past
bo‘lishi uning samaradorligini nol(puch)ga keltirishi yoki hatto manfiy qilib
qo‘yishi mumkin (ya’ni xarajatlar iqtisodiy samaradan ham yuqori bo ‘ladi).
Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ortishi ham xarajatlarning ortishiga olib
keladi.
Tizim ishonchliligining optimal darajasini o ‘rnatish va ta ’minlash —
murakkab va mas’uliyatli vazifa, chunki kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi
obyektlarini boshqarish (TOB) ni avtom atlashtirish k o ‘p funksiyali
(vazifali) tizimga kiradi, uning tarkibida juda ko‘p
texnik qurilm alar va
operativ xodimlar b o ‘ladi. Bunda, bir tom ondan, ayrim vazifani (ishni)
bajarishda bir nechta texnik qurilmalar foydalanilishi m um kin, ikkinchi
tom ondan — ayni bir qurilmadan bir nechta vazifani bajaruvchi o ‘rnida
foydalanish m um kin. Tizim larning k o ‘pligi (ortiqchaligi) h am katta
ahamiyatga ega (apparatli, informatsion, vaqtiy funksional tizim lar), bu
um um an
tizimning ishonchliligini, ayrim qism, tizim lar va qurilmalar
ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ xodimlarning
bo ‘lishi berilgan vazifalarni bajarish um um iy ishonchliligini oshirishi ham
m um kin (agar xodimlar boshqaruvning zaxira b o ‘g‘ini b o ‘lsa), xodimlar
texnik qurilm alar bilan izchil ishlagan holda
ishonchlilikni kamaytirishi
ham mumkin.