• KORXONA ARXITEKTURASI Tijorat arxitekturasi Axborot arxitekturasi Ilovalar arxitekturasi
  • Kiberxavfsizlik arxitekturasi
  • -BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    2-BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI, 
    STRATEGIYASI VA SIYOSATI
     
    2.1. Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi 
     
    Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami 
    ko‘ndalangki, beqaror iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada 
    oshadi. Bunday masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
    - daromadning oshishi; 
    - o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi; 
    - xarajat va chiqimlarning pasayishi
    - innovatsiyaning tezlashishi; 
    - bozorga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaqtining 
    qisqarishi; 
    - buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi; 
    - raqobatlik qobiliyatining oshishi; 
    - me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash. 
    Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona 
    arxitekturasidan foydalaniladi (2.1-rasm). Korxona arxitekturasi 
    tamoyillar, yondashishlar va texnologiyalar naborini shakllantirishga 
    imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda 
    uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi asosini belgilaydi. 
    KORXONA ARXITEKTURASI
    Tijorat 
    arxitekturasi
    Axborot 
    arxitekturasi
    Ilovalar 
    arxitekturasi
    Infrastruktura 
    arxitekturasi
    2.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa 
    arxitekturalar bilan bog‘liqligi 
    Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar 
    mavjud, masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.k. 
    Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda 


    39 
    axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. 
    Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday 
    o‘zgarishlarni madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan 
    tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo 
    bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi. 
    Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari 
    infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h.k. bilan bog‘liq 
    axborot operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak 
    risklarga tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan 
    uzviy bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur. 
    Kiberxavfsizlik arxitekturasi 
    jarayonlarni, inson rolini, 
    texnologiyalarni va turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy 
    korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. 
    Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning arxitekturasi tashkilotning va u 
    bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslarning istalgan axborot 
    xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda axborot xavfsiziligi 
    arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi ehtiyojini 
    akslantiradi. 
    Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy 
    va amalga oshirish (texnologik). 2.2-rasmda bunday arxitektura 
    keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik 
    xizmati nazoratidan chetda qoladi. 
    Konseptual 
    sath
    Mantiqiy 
    sath
    Amalga 
    oshirish 
    sathi
    Insonlar
    Axborot
    Texnologiyalar
    2.2-rasm. Kiberxavfsizlik arxitekturasi 
     
    Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va qoʻyilgan 
    maqsadlarga mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya, 
    ya’ni q
    oʻyilgan maqsadlarga erishish uchun harakat yo‘nalishi mavjud. 


    40 
    Strategiya – korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat 
    yuritishini ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro 
    bog‘langan harakatlar to‘plami. 2.3-rasmda arxitektura bilan 
    strategiyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Strategiya kiberxavfsizlik 
    arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan holda unga 
    erishishning optimal yo‘lini belgilaydi. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish