• Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi.
  • Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/128
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,33 Mb.
    #123541
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
    Bog'liq
    A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

    Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar. Simmetrik shifrlash 
    tizimlari ma’lumotni shifrlashda va rasshifrovkalashda aynan bir 
    kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo‘ylab shifrlangan ma’lumotni 
    uzatishdan oldin shifrlash kalitini uzatishni taqozo etadi. Boshqacha 


    62 
    aytganda, kalitlarni tomonlar orasida xavfsiz uzatish simmetrik 
    kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo sanaladi.
    Bundan tashqari, bir foydalanuvchining, qolganlari bilan ma’lumot 
    almashishida, ularning har biri bilan alohida kalitlarga ega bo‘lishi talab 
    etiladi. Bu esa foydalanuvchiga ko‘p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash 
    zaruriyatini keltirib chiqaradi.
    Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi. Amalda kriptografik 
    tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ushbu talablar 
    vaqt o‘tishi bilan hisoblash qurilmalari imkoniyatining o‘zgarishiga 
    bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Kriptotizimlarda foydalanilgan kalitni 
    joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning 
    imkoniyati bo‘lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror 
    uzunlikdagi kalitni bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini 
    hisoblab chiqish nazarda tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng 
    bo‘lsa, u holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar soni 
    2
    4
    = 16 ga teng 
    bo‘ladi yoki, umumiy qilib aytganda, 
    𝑛 bitli kalitlarni bo‘lishi mumkin 
    bo‘lgan variantlari 
    2
    𝑛
    ga teng bo‘ladi.
    Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi 
    kalitlarning uzunligi kamida 128 bitli bo‘lishi zarur. 3.3-jadvalda turli 
    uzunlikdagi kalitlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini 
    hisoblash uchun turli qiymatli qurilmalardan foydalanilganida 
    sarflanadigan vaqt ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan natijalar 2005-yildagi narx 
    asosida keltirilgan. 
    3.3-jadval 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish