"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

5-rasm. 
Biroq, to‘pni eng yuqori nuqtada ishlash, bunga hujumchi sakrash holatida 
yetishi mumkinligidan, zarba beruvchining tezlanish yo‘lini cheksiz oshirib 
borish mumkin emas. Zarbaning real sharoitlarida, hujum qiluvchi 
o‘yinchining barcha tana a’zolarining tezlanish yo‘li unchalik bo‘lmaganda, 
uning yuqori tezligiga erishish uchun ta’sir kuchini oshirish zarur. Endi 
muskullarning yuqori kuch xarakteristikasiga qo‘yiladigan talablar kelib 
chiqadi. Umumiy ko‘rinishda mushakning kuch xarakteristikasi kiritilayotgan 
energiyaning maydon kattaligi va zichligi, shuningdek, kuch qo‘yilishi 
yelkasini ko‘paytirish maqsadida uning mos o‘zgarishlari imkoniyati bilan 


38 
aniqlanadi. Quyidagi sabablarga ko‘ra, A holatdagiga qaraganda, B holatda 
to‘p bilan ishlash qulayroqdir:

zarba beruvchining tezlanish yo‘li A-B masofaga oshadi;

bir xil hujum burchagida, to‘rning yuqori qismida, ancha katta 
balandlikdan to‘pni to‘r ustidan maydonchaga yo‘naltirish mumkin;

hujumchida to‘siqni yaxshiroq ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi, chunki to‘p 
oldinda bo‘ladi, shu sababli, A holatdagi kabi boshni yuqoriga ko‘tarish kerak 
emas.
Hujum qilish zarbasini bajarishda, ushbu vazifa, kamida, uch yo‘nalishda hal 
etilishi mumkin:
1) harakatlarda yelka muskullari kuchidan foydalanish, ularning harakat 
birliklarini parallel birlashtirish katta fiziologik quvvatga olib keladi. Bunday 
birlashtirish usulida muskullardagi dinamik samara har bir mikrodvigatel 
(muskul tolasi) samaradorligi yig‘indisiga teng bo‘ladi; 2) ishda eng ko‘p 
harakatli birliklarning “birgalikda” qo‘shilishini ta’minlovchi muskullarni 
boshqarishning samarali tizimini qo‘llash. Bunda so‘z, “avtogen to‘xtash” va 
bo‘yin tomir refleksi haqida boradi. Keyingisining mohiyati shundan iboratki, 
boshni birdaniga oldinga engashtirish qorinning ishlayotgan muskullari 
harakatini oshiradi va bu bilan ancha kuchli boshlang‘ich siltanishni 
ta’minlaydi;
3) mashq jarayonida o‘yinchining muskullari kuch xarakteristikasi darajasini 
oshirish, “kuch” mashqlarini bajarishda organizmning o‘z qobiliyatlaridan 
foydalanish.
Quvvatlovchi energiya oqimini kinematik o‘zgartirishni ikki yo‘l bilan amalga 
oshirish mumkin:
1. 
O‘zgaruvchan uzatish munosabatlari ta’siridan foydalanish hisobidan.
2. 
Ketma-ket tarmoqlangan qon tomirlar ta’siri hisobidan.


39 
6-rasm. 
Agar butun uzunlik davomida arqonni o‘zgarmas tezlikda tortishga muskulning 
kuchi yetsa, unda vertikaldan o‘tish vaqtida (b nuqtaga to‘g‘ri keladi) to‘pning 
tezligi (ideal sharoitlarda qarshilik bo‘lmasligidan) cheksiz o‘sib boradi. Bu 
aloqadorlikning yoki kuch qo‘yishning qat’iy sxemasi deb ataladi. Texnikada 
uni o‘sib boruvchi qat’iylik tizimi deb ataladi.
Bu borada tolalari patsimon joylashgan muskullar (7-rasm) qulay tuzilishga 
ega. Katta fiziologik ko‘ndalanglikka ega bo‘lgan holda, katta miqdordagi 
elementar muskulni – qisqaruvchan muskul tolalarining parallel birlashuvi 
oqibatida, patsimon muskullar yuqori kuchlanishli qisqarishga ega bo‘ladi. 
Bunday muskullar yuqori tezliklar tartibida kuchni namoyon qilish qobiliyatiga 
ega bo‘ladi, bu muskul tolalari dinamik ta’sirning “qat’iy” sxemasi bilan 
ta’minlanadi.

Download 1,36 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish