1.4. Hujum texnikasi
Hujum qilish zarbalari. Voleybol o‘yinida o‘yinchilarning hujum qiluvchi
zarbalari muhim o‘rin egallaydi. Ularni qo‘llash samaradorligi zamonaviy
voleybolda jamoa o‘yini muvaffaqiyatini belgilaydi.
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul
hisoblanadi. Bu harakatlar to‘rning yuqori qismidan balandda amalga
oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining
samarasi juda pastdir.
33
Hujum zarbalari yo‘nalishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi: to‘g‘ri yo‘nalish
bo‘yicha (bunda zarba berilgan to‘p yo‘nalishi hujumchining yugurib kelish
yo‘nalishiga mos tushadi) va yo‘nalishni o‘zgartirib (bunda zarba berilgan to‘p
yo‘nalishi hujumning yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushmaydi). To‘pning
uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi
qo‘lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli
(tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‘g‘ri (to‘rga to‘g‘ri turgan
holda) va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan) bajarish mumkin.
To‘g‘ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; to‘pga
zarba berish; qo‘nish. O‘z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga
bo‘linadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi:
balandroq sakrashga erishish va to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishini to‘g‘ri
aniqlash.
Sakrash fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab
harakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo‘llar orqa tomonga
harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son bo‘g‘imida
bukiladi. Keyin esa qo‘llar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan
uziladi, gavda oldinga biroz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi
qo‘lning kafti bosh orqasiga o‘tib ketmasligiga va tirsak yelkadan biroz
yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Zarba berish fazasida – o‘ng (yoki chap) qo‘l tirsak bo‘g‘imida to‘g‘rilanib,
yuqoriga-oldinga cho‘ziladi. Zarba qorin, ko‘krak, qo‘l mushaklarining ketma-
ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo‘l kafti
to‘pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan
belgilanadi. Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga
emas, balki uning o‘z vaqtida berilganligiga va yo‘nalishiga e’tibor qaratish
zarur. Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda
34
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‘yin
harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Harakatli vazifalarni samarali hal etishning asosiy sharoitlarini aniqlash uchun,
voleybolda hujum qiluvchi zarbalarni bajarishda, avvalo yugurib kelib
to‘g‘ridan hujum zarbasi berilishini o‘rganamiz. Optimallik mezoni sifatida
to‘pning birgalikda urilishidan keyingi uchish tezligini olamiz. Aynan to‘pning
yuqoriroqqa ko‘tarilishi va zarba kuchi ko‘p jihatdan hujumning
muvaffaqiyatini belgilaydi. Ushbu holatda samaradorlik sharoitlarini aniqlash,
zarbalarni bajarishda hujumchini uch asosiy vazifalarini hal etishning ratsional
yo‘llarini izlashdan iborat bo‘lishi lozim:
1.
Tananing zarba beruvchi qismlariga mumkin qadar ko‘p miqdorda
kinetik energiya ajralib chiqadi.
2.
Mumkin qadar ko‘p miqdordagi kinetik energiya zarba beruvchidan
to‘pga uzatilishini ta’minlash.
3.
Zarba berish vaqtida o‘zaro hamkorlikdagi gavdalarga mumkin qadar
ko‘p miqdorda kinetik energiya jamlash.
Birinchi vazifa – tananing uchuvchi qismlariga mumkin qadar ko‘p miqdorda
kinetik energiya berilishini aniqlab olish.
Rivojlantirilayotgan konsepsiyaga muvofiq odamning tayanchharakat apparati
energiyani jamlashga qobiliyatli bo‘lgan yuqori chiziqli avtotebranishli tizim
sifatida talqin etiladi. Tirik mavjudotlar tebranuvchi xarakterdagi harakatdan
foydalanadilar. Bu nafaqat davriy takrorlanuvchi, balki nodavriy tebranishlarga
ham xos, ular murakkablashtirilgan yoki uzilishli davriylikda amalga oshiriladi
(siltanish – zarba, kuchanish – itarib yuborish va b.).
Shu nuqtai nazardan, tananing qismlari, fizik mayatnik tizimi kabi ifodalanadi.
Uruvchining kinetik energiyasi, oddiy holatda bir bo‘g‘inli fizik mayatnik kabi
bo‘ladi, miqdoriy jihatdan burchak tezligi kvadratiga inersiyaning yarmiga teng
bo‘ladi:
35
(2)
Bunda zarba beruvchining kinetik energiyasi kattaligi (E
vr
) uning inersiya
momentiga (J) va burchak tezligi kvadratiga proporsionaldir. Shu tarzda
uruvchi energiyasini oshirish vazifasi uning eng katta tezlikda tezlanish olishi
va inersiya momentining ko‘payishiga teng bo‘lib chiqadi. Aylanayotgan
jismning inersiya momenti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
J=Ʃm
i
•g
i
2
(3)
Mayatnikning inersiya momentini ikki yo‘l bilan oshirish mumkin:
1.
Zarba beruvchining massasini oshirish.
2.
Uning aylanish radiusini oshirish.
Boshqacha aytganda, zarba beruvchi og‘irroq va uzunroq bo‘lishi lozim.
Ta’kidlash joizki, zarba beruvchining massasini uning aylanish o‘qiga nisbatan
kamaytirish, o‘zgarmas radiusga massani oshirishdan ko‘ra foydali, ya’ni
ikkinchi yo‘l birinchisidan ko‘ra, inersiya momenti kattaligining radius
uzunligiga bog‘liqligining kvadratliligi sababli foydalidir. Masalan,
harakatning o‘zgarmas burchak tezligida zarba beruvchi radiusni 2 marta
oshirish, uning inersiya momentining 4 marta oshishiga olib keladi, ya’ni (3)
formula bo‘yicha kvadratlanadi. Qayd etilgan xususiyatlardan, voleybolchi
hujum qiluvchi zarbasini harakat tuzilishini tashkil etishda foydalanishi
mumkin, buning uchun quyidagilar zarur:
1.
Siltanishdan keyingi zarba berish jarayonida to‘g‘rilangan qo‘l bilan,
yelka ko‘tarilgan holatda zarba berish zarur.
2.
Voleybolchini zarba beruvchi mayatnigining aylanish o‘qini mumkin
qadar pastga tushirish lozim (bu zarba beruvchining aylanish radiusi va
massasini ko‘paytiradi), agar zarba harakatida, egilish hisobidan, gavda ham
qatnashsa, hujumchi, xuddi yig‘ma pichoq kabi “yig‘ilsa” yuz beradi va uning
to‘g‘ri o‘qi atrofida aylanma harakatlar bo‘lganda amalga oshadi.
36
Biroq bu zarba beruvchining burchak harakat tezligining pasayishiga olib
kelmasligi kerak, bu uning energiyasi kamayishiga olib keladi. Shunday
bo‘ladiki, o‘yinchi gavda bilan zarba berishga berilib ketib, yelka qismida
qo‘llar harakatini unutib qo‘yadi.
Endi zarba beruvchining burchak tezligini oshirish (ω) imkoniyatlarini qarab
chiqamiz. Bu zarba beruvchining inersiya momentini oshirishdan ko‘ra
foydaliroq, ya’ni energiyani ifodalovchi burchak tezligi (g) kvadratga kiradi.
Masalan, mayatnikning doimiy tezligida inersiya momentining 2 marta
oshirilishi zarba beruvchining energiyasi ham 2 marta o‘sishiga olib keladi,
mayatnikning tezligini dastlabki tezlikdan 2 marta oshirilganda esa, uning
energiyasi 4 marta oshadi.
Mayatnikka tezlik berish uchun uning tezlanishi (A) bo‘yicha ishlarni bajarish
lozim. Amalga oshiriluvchi ishlar miqdori bir bo‘g‘inli zarba beruvchi
mayatnikni tezlashtirishda quyidagicha ifodalanadi: A=φ •Mz (4)
bunda φ – zarba beruvchining burchak joylashuvlari kattaligi yoki
tezlanishdagi burilish burchagi (boshqacha aytganda, zarba beruvchining
tezlanish yo‘li), Mz – jismga (mayatnikka) kuchning aylanma ta’siri o‘lchovi
sifatidagi kuch momenti, modul kuchi (F)ning uning yelkasiga (d) ta’siri bilan
aniqlanadi. Bunda ish miqdori (A) tezlanish jarayonida zarba beruvchining
beriluvchi energiya kattaligiga (E
vr
) ekvivalent (teng) bo‘ladi.
Keltirilgan ifodadan kelib chiqadiki, mayatnik – zarba beruvchini tezlashtirish
bo‘yicha ishlar miqdorini ko‘paytirishni (demak, uning energiyasini ham
oshirish) ikki usulda amalga oshirish mumkin (doimo kuch qo‘yilgan yelkada):
a)
zarba beruvchining tezlanish yo‘li burilish burchagini (φ) oshirish;
b)
zarba beruvchiga ta’sir etuvchi kuchni oshirish. Zarba beruvchining
burchak harakatlari (φ) yo‘lining oshib borishiga quyidagilar yordam beradi;
c)
keng (katta amplitudali) quloch yozish;
37
d)
hujum zarbasini bajarish uchun aniq joy va vaqtida to‘p tagidan chiqish
(xatoliklar istisnosi: “to‘pning qochib ketishi” va hujumchining o‘z vaqtida
chiqa olmasligi);
e)
oldinda hujumchi turganda, maksimal mumkin bo‘lgan balandlikdan
ozgina pastroqda to‘p bilan ishlash imkonni beruvchi baland sakrash. To‘rga
yaqin joyda, zarba nuqtasini ko‘chirish hisobidan, hujum qiluvchi o‘yinchida,
bir xildagi hujum burchagida, to‘rning yuqorigi arqonlari orqali to‘pni qayta
yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi (5-rasm).
|