3
KIRISH
Davlatimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan
asosiy vazifalardan biri
ta’lim sifatini oshirish, jahonda rivojlangan davlatlar bilan raqobat qila
oladigan kadrlarni tayyorlash bugungi sharoitda kechiktirib bo‘lmas
masalalardan biridir. Oxirgi yillarda
respublikamizda eng asosiy, muxim
vazifalardan yana biri ommaviy sportni rivojlantirish masalasi bo‘lib turibdi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining, sport mutaxassislarining,
ustoz-
murabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega
bo‘lishi malakali sportchilar tayyorlashning ilmiy asosda tashkil etishni taqazo
etadi. Zero ustozlar har jixatdan shogirdlariga namuna bo‘la olsagina kelajakka
ishonchli zamin tayyorlanadi. Bunga erishish uchun o‘qituvchilar tinimsiz
izlanishlari, o‘z bilim va malakalarini oshirib borishning barcha imkoniyat va
vositalaridan samarali foydalanishlari zarur. Rivojlangan mamlakatlar o‘quv
muassasalaridagi zamonaviy ta’lim
texnologiyalari, ilg‘or tajribalar bilan
tanishishlari, uni o‘quv yurtlarida qo‘llay bilishlari lozim. Xalqimizda “Tani
sog‘lik – tuman boylik” degan naqliga amal qilgan holda aytish joizki, eng
to‘g‘ri yo‘l – bu yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yo‘naltirishdir. Agar
yosh avlod bo‘sh vaqtini sportga bag‘ishlasa, demak, u vaktini o‘zining ezgu-
niyatlarini ro‘yobga chiqarishga bag‘ishlaydi degani.
Yosh avlodning tani
sog‘lom bo‘lgani sayin uning aqli va tafakkurlash qobiliyati tiniqlashadi, ya’ni
ma’naviy pok va jismonan baquvvat avlod tarbiyalangan bo‘ladi.
Bu borada millat genafonini shakllantirish va sog‘lom, barkamol avlodni
tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada
rivojlantirish, uni xalqaro me’yor bosqichlariga olib chiqish, millatimiz hamda
yurtimiz shuhratini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir sportchilar
tayyorlovchi
mutaxassis kadrlar, o‘qituvchimurabbiylar yetishtirish
masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu progressiv strategiyani
izchillik bilan amalga oshirish maqsadida yurtimiz rahbari tomonidan bir qator
konseptual farmon va qarorlar, jumladan, 2017-yil 3-iyunda “Jismoniy tarbiya
4
va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3031- sonli Qaror, 2018-yil 5-martda “Jismoniy
tarbiya va sport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni qabul qilindi. Ta’kidlash muhimki,
ushbu qarorlar ijrosini bosqichma-bosqich amalga oshirishda jismoniy tarbiya
va sportga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim maskanlarida mutaxassis – kadrlar
tayyorlash sifatini oshirish, talabalarga bilim berish, ularning kasbiy-pedagogik
mahoratini
shakllantirish, amaliy malaka va ko‘nikmalarga o‘rgatish
jarayonida xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish
zaruriyati tug‘iladi. “Sport o‘yinlari voleybol” deb nomlangan mazkur uslubiy
qo‘llanma bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda aynan yuqorida
qayd etilgan masalalarni amaldagi o‘quv rejasi va fan dasturi asosida ochib
berishga urg‘u berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda voleybolni
rivojlanishi,
musobaqa qoidalari, musoboqalarni tashkil qilish va o‘tkazish
asoslari, voleybolga o‘rgatish nazariyasi va uslubiyati, voleybolchilarni texnik,
taktik, jismoniy, integral tayyorgarligi, voleybolchilar
tayyorlash jarayonini
boshqarish masalalari va hokazolarni to‘liq qamrab olgan. Shuningdek, ushbu
o‘quv qo‘llanmada zamonaviy voleybol va uning dolzarb masalalariga,
O‘zbekiston voleybolini rivojlantirish, uni kelajak istiqbolini munosib darajada
ta’minlashning yo‘llari va tadbirlariga hamda voleybolchilarni tayyorlashning
zamonaviy vositalariga alohida e’tibor qaratilgan.