25
voleybolda raqibning hujumkorligi o‘sib borayotgan sharoitda himoyalanish
qiyin kechadi.
To‘pni o‘yinga kuch bilan kiritishni bajarishda sakrash texnikasi muhim
ahamyatga ega bo‘lib boradi. Yugurishga perpendikulyar bo‘lgan, ikkala oyoq
ham bir chiziqda to‘xtagan holda birdaniga sakrash tashqi chiziq yaqinida, uni
bosmasdan va yuqoriga sakramasdan siltanishni bajarishga imkon beradi. Bu
to‘pni o‘yinga kiritishni bajaruvchi o‘yinchining vazifasini yengillashtiradi, u
to‘pni o‘yinga kiritish hujumkorligini oshirishi va siltanishda tashqi chiziqni
bosib olishdan saqlanishi lozim. Sakrashda oyoqlarni navbati bilan tayanchga
qo‘yish va bir oyoqning boshqasidan oldinroqda bo‘lishi chiziqni bosib olish
ehtimolini oshiradi, o‘yinchini tashqi chiziqdan uzoqroqqa siljishga majbur
qiladi va sakrash balandligini pasaytiradi.