22
tezlashtirish va raqib blokini dog‘da qoldirish maqsadida amalga oshiriladi. Uni
joyida yoki qisqa masofadan yugurib kelib bajarganda qo‘llar faol yozilish
kerak. Hujumkor zarba – zarbaning asosiy usuli hisoblanadi. Ushbu zarba
kombinatsiyani tugallash vaqti ochko yutish yoki to‘pni o‘yinga kiritish
huquqini qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshriladi. Hujumkor zarbaning ikki
turi mavjud: to‘g‘ridan va yonlama hujumkor zarabalarga bo‘linadi.
To‘g‘ridan hujumkor zarba hujumkor zarbaning asosiy usuli hisoblanadi
(2-rasm). Ushbu zarbaning har qanday yo‘nalishida va maksimal kuch bilan
bajarish mumkin. Mazkur zarbani berish quyidagi bosqichlardan iborat:
yugurib kelish, sakrash, zarba beruvchi harakat va yerga tushish. Ko‘p hollarda
ushbu zarba ikki-uch qadam tashlagan holda bajariladi. Oxirgi qadam katta
tashlanishi lozim. Sakrash vaqtida harakatlar mutanosibligi, ayniqsa, yerdan
siltanish chog‘ida muhim. Zarba tanani badan burish va qo‘lni oldiniga
harakatlantirish bilan beriladi. Zarba kuchi to‘pni yuqoridan berkituvchi
qo‘lning yakuniy harakatiga bog‘liq. Zarba to‘pga pastdan oldinga qarab
beriladi.