O‘yin funksiyalari. O‘yin jarayonida voleybolchilar har xil
funksiyalarni bajaradilar, ularning ba’zilari jamoa taktikasi doirasida
ixtisoslashadilar. Hujumda. Hujumni tashkil etishda o‘yinchilar, odatda
o‘yinga kiritilgan to‘pni bog‘lovchilarga uzatadilar bu o‘yinchi bo‘g‘lovchi deb
nomlanadi. Boshqalari hujum zarbalarini bajaradilar – ular hujumchilar deb
ataladi. Ular orasida birinchi tempdagilar (qoida tariqasida, to‘rning o‘rtasida
pastdan va tez uzatishlardan hujum qiluvchilar) va ikkinchi tempda (ko‘pincha
to‘rning chekkalaridan va himoya zonasidan ancha yuqoridan uzatishlarda)
hujum qiluvchilar ajratib ko‘rsatiladi.
18
Ikkinchi tempdagi hujumchilar ham, o‘z navbatida, shartli ravishda
o‘yinni yakunlovchilar (to‘r chekkasidan, asosan 4-zonadan hujum qiluvchilar)
va to‘rning o‘ng chekkasi 2-zonadan diagonal hujumchilarga (agarda jamoa 5-
1 tamoyili bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lsa) bo‘linadilar. Ikkinchi chiziqda
(liniyada) o‘ynalganda diagonal hujumchilarni 1-zonadagi hujum uchun,
o‘yinni yakunlovchilarni esa odatda 6-zonadan qo‘shib qo‘yadilar. Diagonal
hujumchilar o‘z nomini rasmiy joylashuvga muvofiq bog‘lovchi o‘yinchi bilan
diagonal bo‘yicha joylashganliklariga ko‘ra olganlar.
To‘pni o‘yinga kirituvchi “o‘yinchi” deb ataladi. Biroq bu doimiy nom
emas, balki vaqtincha vaziyatli o‘yinchi to‘p uzatuvchini anglatadi.
Himoyada. Jamoa mudofaada o‘ynayotganda xuddi shu o‘yinchilar endi
boshqacha – himoyaviy funksiyani bajaradilar. Oldingi chiziqdagi o‘yinchilar
raqibning to‘r ustidagi to‘siq qilish (bunda ularni to‘siq qo‘yuvchilar deb
atashadi), shuningdek, maydonchani himoya qilish jamoadagi sheriklari
to‘sig‘ini quvvatlab turishni bajaradilar. Guruhli to‘siqning tashqi chekkalarida
turuvchi o‘yinchilarni chekkadagi to‘siq qo‘yuvchilar deyiladi. Ikki
chekkadagi to‘siq qo‘yuvchilar o‘rtasidagi to‘siq qo‘yuvchi markaziy to‘siq
qo‘yuvchi deb ataladi. Murabbiylar va mutaxassislar birinchi tempdagi
hujumchilarni, jamoa uchun to‘siq funksiyasining muhimligini ta’kidlagan
holda shunday ataydilar.
Maydonchada himoyalanayotgan o‘yinchilarni (to‘r ustida emas),
raqiblar hujum zarbalari bilan yuborilgan to‘pni qaytaradigan bo‘lsa,
himoyachilar deb, sheriklari to‘siqlarini yoki o‘z hujumchilarini quvvatlab
turgan bo‘lsalar, oldi zona va orqa himoyalovchilar (straxovka) deb ataladi.
To‘pni qabul qilishni amalga oshiruvchilar qabul qiluvchilar deb ataladi.
Libero (o‘yinchining doimiy nomi) vazifasidagi o‘yinchiga, musobaqa
qoidalariga muvofiq, faqat orqa qatorda, hujum zarbalari, to‘p uzatish va to‘siq
19
qo‘yish, shuningdek, hujum zonasida turgan holda yuqoridan uzatishni bajarish
huquqisiz o‘ynashga ruxsat beriladi.
Voleybolchilarni maydonda joylashuviga qarab bitta umumiy atamada
ularning asosiy funksiyasi e’tiborga olinadi: bog‘lovchi, libero, o‘yinni
tugallovchi (yoki ikkinchi tempdagi hujumchi), diagonal hujumchi, markaziy
to‘siq qo‘yuvchi (ba’zida ular birinchi tempdagi hujumchilar deb ataladi).
Voleybolchi faoliyati maydon bo‘ylab harakatlanish, joy almashtirish,
to‘p qabul qilib olish va uzatish, to‘pni o‘yinga kiritib berish, hujum qilish va
to‘pni to‘sish (blok qo‘yish) kabi usullar yordamida amalga oshriladi.
Hujumdagi o‘yin texnikasi maydonchada harakatlanish va to‘p bilan
harakatlanish usullari yordamida amalga oshiriladi.
To‘pni qabul qilib olish va uzatish uchun o‘yinchilar ko‘pincha keyingi
harakatga o‘tish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beruvchi o‘rta
(asosiy) holatni qo‘llaydilar. (Son va boldir orasidagi burchak bu holatda 130°
ni tashkil qiladi). O‘yinchining ilk holati va boshlang‘ich harakatlari usul
samaradorligiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘yinchilarning maydon bo‘ylab harakatlari yurish, yugurish va sakrash
kabi holatlarini o‘z ichiga oladi. O‘yinchi harakatlari boshida yurib, asosiy
holatni qabul qiladi, bu unga to‘pga aniq chiqishga va tana avvalgi holatiga
qaytishiga imkon beradi.
Ko‘pincha voleybolchilar to‘pga tezlik bilan intilishlariga to‘g‘ri keladi.
Bunday harakatlar hujumkor zarba berish, sakrab to‘p uzatish, blok qo‘yish
maqsadida qo‘llaniladi. Ushbu yugurishda oxirgi qadam to‘xtalish harakati
bilan qo‘llaniladi va bu to‘pga aniq chiqish, ushbu usul qo‘llanilib bo‘lgandan
so‘ng tezda avvalgi holatga qaytish imkonini beradi. Balandga sakray olish
qobiliyati voleybolchi uchun juda muhimdir.
|