17
bo‘yicha ixtisoslashuviga olib keladi. O‘zaro qarshi kurash taktikasi shunday
tuzilgan, har bir o‘yinchi o‘zining o‘yin vazifasiga mos doirada, o‘zining eng
kuchli tomonlaridan foydalanishi kerak.
Ko‘pchilik jamoalar toifasining tenglashuvi sharoitida turli-tuman
psixologik muammolarni yaxshi hal eta olgan tomon yengib chiqadi.
O‘yinchilarning shaxsiy xarakteristikalariga, jumladan, ularning temperamenti
va xarakteriga yuqori talablar qo‘yiladi. Voleybolchilar asab tizimining kuchi
va chidamliligi, o‘yin harakatlarining ishonchliligini ta’minlovchi psixologik
zo‘riqishlarga
bardoshlilik, psixologik zo‘riqish vaziyatlarida xato qilmaslik
qobiliyati,
shuningdek, o‘yinda g‘alaba ta’minlanishida muhim bo‘lgan
irodalilikning namoyon bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘yin davomida vaziyatlarning tez o‘zgaruvchanligi diqqatning turli
tomonlariga (barqarorlik, hajm, taqsimlanganlik),
oddiy va murakkab
munosabat bildirishlar, voqealarni baholashdagi aniqlik o‘z vaqtida qaror qabul
qilinishi kabilarga yuqori talablar qo‘yadi.
Voleybolchilarning harakatlari uyushganligi va samaradorligi sotsial
psixologiya, ya’ni dori-darmon, o‘yinchilarning o‘zaro ta’sirlari va mosliklari,
kichik
norasmiy guruhlar, jamoada qulay psixologik muhit shakllanishi
masalalarining hal etilishi kabilar bilan belgilanadi.