|
"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalarBog'liq Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulovO‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan
maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar
majmuasidir. O‘yin texnikasi – harakatni aniq, tez, yengil, vaziyatga muvofiq,
kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
Voleybol o‘yini texnikasi o‘yinni olib borish uchun zarur bo‘lgan harakat
usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda
maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O‘yindagi har bir
texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan harakatlanish tizimidan
tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal
qilish uchun zarur va yetarli bo‘lgan harakatning dinamik va kinematik
xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari
o‘rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).
15
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy
mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy
qismini bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida katta kuch sarflanishi bilan
ifodalanadi.Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini
buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli
sportchilarda turlicha bo‘lib, bu ularning morfologik va funksional
imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Voleybol texnikasi ikkita katta bo‘lim: hujum
va himoya texnikalariga bo‘linadi. O‘z navbatida, yuqoridagi bo‘limlar ham
texnik usullarning shakli va mazmuniga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi.
Har bir guruhda texnik harakatlarning o‘ziga xos bajarish usullari mavjud
bo‘ladi.
O‘yin texnikasi juda muhim hisoblanadi. Voleybolchilar o‘yinda
muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun barcha texnik o‘yin usullarini, ayniqsa,
to‘p bilan ishlashning yuqori ijrochilik mahoratini egallagan bo‘lishlari kerak,
chunki har bir xato ochkolar yo‘qotilishiga olib keladi. O‘yin texnikasi ma’lum
darajada jamoaning taktik tuzilishi va har bir o‘yinchining harakatlarini
ro‘yobga chiqarish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |