5
I BOB SPORT O‘YINLARI. VOLEYBOL O‘YIN QOIDALARI, O‘YIN
TEXNIKASI VA TAKTIKASI
1.1. Voleybol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi
AQSh Voleybol sport turining vatani hisoblanadi. O‘yin ixtirochisi
Massachusete shtatining Gemyuk shahridagi kollejning jismoniy tarbiya
o‘qituvchi V.Morgan bo‘lgan. U ortiqcha tayyorgarlik va jihozlar uchun
harajatlar talab qilmaydigan oddiy o‘yinni yaratmoqchi bo‘ladi. 1895 yilda
V.Morgan yangi o‘yin qoidalarini ishlab chiqdi. Yangi o‘yin «Voleybol», ya’ni
inglizchadan tarjima qilinganda, «uchuvchi to‘p» deb nomlandi. Birinchi
marotaba voleybol o‘yini tomoshabinlarga 1896 yilning iyul oyida Sprinfilt
shahrida namoyish qilindi.
1897 yilda AQSh da voleybol o‘yini qoidalari 10 tadan iborat bo‘lgan.
1. O‘yin maydonchasini belgilash (chizish).
2. O‘yin jihozlari.
3. Maydoncha kattaligi 25 x 50 fut (7,6 m x 15,1 m).
4. To‘r o‘lchami 2 x 27 fut (0,61 m x 8,2 m), to‘r balandligi 6,5 fut (195
sm).
5. To‘p charm qoplamali rezina kamera aylanasi 25-27 dyuym (63,5 sm
x 68,5 sm), og‘irligi 340 g.
6. To‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinni bir oyog‘i
bilan chiziqda turib to‘pni ochiq kafti bilan urib o‘yinga kiritishi lozim. Agar
bunda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ushbu harakat takrorlanadi.
7. Hisob. Raqib qabul qila olmagan har bir o‘yinga kiritilgan to‘p bir
ochko keltiradi. Ochkolar faqatgina o‘zi o‘yinga kiritgan to‘pni raqib qabul qila
olmagandagina beriladi. Agar to‘p o‘yinga kiritilganda to‘r ustidan oshib
o‘tmasdan o‘z maydonchasida kelib tushsa, to‘pni o‘yinga kiritgan o‘yinchi
almashtiriladi.
8. Agar o‘yin vaqtida to‘p to‘rga tegsa, bu xato hisoblanadi (to‘p o‘yinga
kiritish bundan mustasno).
9. Agar to‘p chiziqqa tushsa, bu xato hisoblanadi.
10. O‘yinchilar soni cheklanmagan.
6
1922 yilda AQSh voleybol o‘yinini VIII olimpiada o‘yinlari dasturiga
kiritish taklifi bilan chiqdilar. O‘yin asta-sekinlik bilan turli mamlakatlarda
rivojlanib bordi. Ayniqsa, Evropada va boshqa qator mamlakatlarda voleybol
bo‘yicha rasmiy mamlakat birinchiliklari o‘tkazila boshlandi (Chexoslovakiya,
Polsha). 1928 yilda Moskvada o‘tkazilgan birinchi Butunittifoq spartakiadasi
dasturiga voleybol o‘yini kiritildi. Voleybolning ommalashib borishi bilan bir
vaqtda o‘yin qoidalari ham takomillashib bordi. 1900 yili o‘yin partiyasi 21
ochkogacha davom etgan. To‘r balandligi 7 fut (215 sm), chiziq maydonining
bir qismi hisoblangan. 1912 yili maydon o‘lchami 35 x 60 fut (10,6 m x 18,2
m). O‘yinga kiritilgan to‘p boy berilgandan so‘ng o‘yinchilar almashtirilgan.
To‘r balandligi 7,5 fut (228 sm), kengligi 3 fut (91 sm). 1917 yili to‘r balandligi
8 fut (245 sm) partiya 15 ochkogacha davom etgan. 1918 yili jamoalar tarkibida
6 nafar o‘yinchi o‘ynashi mumkin bo‘lgan. 1921 yili o‘rta chiziq joriy qilindi.
1922 yil jamoalarning har bir o‘yinchisi to‘pga 3 marta zarba berishi mumkin
bo‘lgan. 1923 yili maydoncha o‘lchami 30 x 60 fut (9,1 m x 18,2 m). 14 x14
hisobida birinchi bo‘lib ikki ochko to‘plagan jamoa g‘olib deb topilgan.
O‘yin qoidalari bilan bir qatorda voleybol texnika va taktikasi ham
o‘zgarib bordi. Dastlab voleybol ko‘ngil ochar o‘yin hisoblangan. Uchuvchi
to‘p nomi bilan o‘yin mohiyatiga to‘liq mos bo‘lgan, chunki to‘p asosan havoda
bo‘lgan. (O‘yinchilar texnikasi past va ularning maydonchada ko‘p 8-9 va
undan ko‘p bo‘lishiga qaramay). To‘pni raqib maydonchasining ochiq joyiga
tushirish juda qiyin bo‘lgan. Lekin asta sekinlik bilan raqib harakatini
qiyinlashtiruvchi to‘pni to‘r ustidan urish usuli paydo bo‘ldi. Tez orada birinchi
zarbadan so‘ng to‘pni raqib maydonchasiga o‘tkazib yuborish maqsadga
muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Agar to‘p maydonchaning oldingi qismidan
to‘r ustidan raqib maydonchasiga yo‘llansa, ochko yutish uchun yaxshi
imkonitya yaralgan. O‘yinchilar to‘pni bir-biriga oshirib o‘ynay boshladilar,
o‘yin jamoaviy tusga kirdi. To‘pga 3 martagina tegish mumkinligi to‘g‘risidagi
qoida joriy qilingandan so‘ng texnik usullar paydo bo‘la boshladi. Uchinchi
7
zarba hujumkor zarba hisoblana boshladi. O‘yin taktikasi avvaliga
o‘yinchilarni maydonchada bir tekis joylashishi va to‘pni raqibga uzatishdan
iborat bo‘lgan.
1921 – 1928 yillarda o‘yin qoidalari mukammallashib, texnik usullar
(to‘pni o‘yinga kiritish, uzatish, hujumkor zarba, to‘siq) shakllandi. Birinchi
navbatda bir necha o‘yinchi harakatlarini tashkil etish va ularni taktik usullarini
qo‘llash bilan bog‘liq, o‘yin taktikasi usullari vujudga keladi. Voleybol
rivojlanishning ushbu bosqichida oldin to‘pni o‘yinga kiritish imkoni
hisoblangan usul hujumkor usul sifatida qo‘llanila boshlandi. Yuqoridan
yo‘naltirilgan to‘pni o‘yinga kiritish usuli paydo bo‘ldi. Texnik usullar yanada
hujumkor tusga kira boshlandi. 1929-1939 yillarda o‘yin texnika va
taktikasining rivojlanishi jadallashdi. Raqib zarbalariga guruh bo‘lib to‘siq
qo‘yish usuli ko‘proq qo‘llanila boshlandi. Bu o‘z navbatda hujumkor zarbalar
shakli rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Aldamchi, kuchli, hujumkor, zarbalar
qo‘llanildi. To‘siq qo‘yuvchilarni qo‘llash zarurati tug‘iladi.
Voleybol endi ko‘proq jamoaviy o‘yinga aylana boshlandi. Bu
o‘yinchilarning maydonchada joylashishi, o‘yinchilarning hujum va
himoyadagi harakatlarida o‘z aksini topdi. 1934 yilda Stokgolmda o‘tkazilgan
sport federatsiyalarining xalqaro anjumanlarida voleybol bo‘yicha kommisiya
tuzish taklifi kiritildi. Ushbu taklif 1936 yil Berlinda o‘tkazilgan XI Olimpiada
o‘yinlarida qabul qilindi. Komissiyaning birinchi raisi etib, Polsha voleybol
federatsiyasi raisi Revich Makovskiy saylandi. Komissiya tarkibiga 15 ta
Evropa, 5 ta Amerika va 4 ta Osiyo mamlakatlari kiritildi. Amerikacha o‘yin
qoidalari qabul qilindi. Metrlik o‘lchov birligiga o‘tildi. To‘pni belgacha
bo‘lgan tana qismi bilan urishga ruxsat berildi; to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi to‘pga
boshqa tegmaguncha tegishi mumkin emas, to‘r balandligi ayollar uchun 224
sm etib o‘zgartirildi. To‘pni o‘yinga kiritish maydoni chegaralandi. Bundan
tashqari komissiya voleybolni 1940 yilda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari
dasturiga kiritish bo‘yicha muzoqaralar olib bordi. Ikkinchi jahon urushidan
8
keyin Fransiya, Chexiya, Polsha tashabbusiga ko‘ra yangi texnik komissiya
tuzilib, uning qaroriga ko‘ra 1947 yil aprelda Parijda voleybol bo‘yicha birinchi
kongress o‘tkazildi. Ushbu kongressda 14 ta mamlakat vakillari qatnashdilar.
Kongress xalqaro voleybol federatsiyasining (FIVB) tuzish to‘g‘risida qaror
qabul qildi. Xalqaro federatsiyaning tuzilishi voleybolning o‘yin turi sifatida
xalqaro miqyosida tan olinganidan dalolati edi. 1948 yilda Rim shahrida FIVB
voleybol tarixida birinchi marotada erkaklar jamoalari o‘rtasida Evropa
birinchiligini o‘tkazadi. Unda 6 ta mamlakat ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni
Chexoslavakiya egalladi. Keyingi 1948-1968 yillarda voleybolning butun
dunyoda juda rivojlanishi yillari bo‘ldi. FIVB rahbarligi ostida Evropa va jahon
birinchiliklari, Evropa chempionlari kubogi musobaqalar o‘tkazildi.
1957 yil o‘yindagi ko‘plab to‘xtashlar tufayli voleybol o‘zining
qiziqarliligini yo‘qatayotganligi bois o‘yinchi almashtirishlar (o‘yin vaqtida)
soni 12 tadan 4 taga qisqartirildi. O‘yinchi almashtirish va tanaffus vaqti bir
daqiqadan 30 soniyaga qisqartirildi, to‘pni o‘yinga kiritish chog‘ida to‘sib
qo‘yish man qilindi. Bundan tashqari, qoidalarga faqat 4 yil bir marta
o‘zgartirish kiritish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1961 yilda o‘yin
vaqtidagi almashtirishlar soni 6 taga yetkazildi. 1965 yildan kuchga kirgan
o‘zgartirishlar voleybolning qiziqarliligini yanada oshirishga yo‘naltirildi.
To‘siq paytida qo‘llarni raqib tomonga o‘tkazishga ruxsat berilishi to‘sib
qo‘yuvchi o‘yinchilarga to‘pga yana bir bor tegish imkonini berdi. Qoidalar
takomillashishi bilan bir qatorda o‘yin texnikasi va taktikasi ham rivojlanib
bordi. To‘r chetlaridan pastdan uzatilgan to‘pga to‘siq ustidan zarba berish
usullari paydo bo‘ldi. Hujumda birinchi va ikkinchi to‘p kiritish o‘yin tizimlari
rivojland. Ular o‘z navbatida «krest», «eshelon» tashlab berishdan so‘ng zarba
berish kabi qiziqarli kombinatsiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldilar. Asta sekin
dunyoning ko‘pgina yetakchi jamoalarida oddiy va unumli o‘yin texnikasini
qo‘llashga mayl sezila boshladi. Bunga to‘pni o‘yinga kiritishlarining xavfliligi
(ayniqsa, Yaponiya jamoalarining xalqaro maydonlarda paydo bo‘lishi bilan)
9
va hujumning himoyadan juda ustunligi majbur qildi. Birinchi to‘p uzatishdan
so‘ng hujumdagi o‘yin taktikasi kamrok, u ham bo‘lsa o‘yinning ba’zi bir
vazifalarida qo‘llanila boshladi. 1956 yilda to‘siq qo‘yish qoidalari
o‘zgartirilgach to‘siq himoyaning faol vositasiga aylandi. To‘siq qo‘yuvchiga
qo‘llarini raqib tomonga o‘tkazishga ruxsat berilgandan so‘ng hujumchilar
qiyin ahvolda qoldilar. Yangi usullar, turli tuman harakatlar o‘ylab topish
ustida izlanishlar olib borildi.
1949-yil sentyabr oyida Pragada erkaklar jamoalar o‘rtasida jahon,
ayollar o‘rtasida Evropa birinchiliklari o‘tkazildi. Jahon va Evropaning birinchi
chempionlari sobiq Ittifoq vakillari bo‘ldilar. 1952-yilda erkaklar o‘rtasida
ikkinchi, ayollar o‘rtasida birinchi jahon chempionatlari o‘tkazildi. Ushbu
chempionat g‘oliblari yana sobiq Ittifoq vakillari bo‘ldilar. Ushbu
chempionatda birinchi marotaba Osiyo qit’asi vakili Hindiston qatnashdi.
1956-yil Parijda o‘tkazilgan jahon birinchiligida Osiyoning uchta
jamoasi qatnashdilar. Amerika qit’asi vakillari esa birinchi marotaba jahon
birinchiligida ishtirok etdilar (AQSh, Braziliya, Kuba). Ushbu chempionatda
jamoalar soni rekord ko‘rsatgichga yetdi: bitta ayollar va ikkita erkaklar
jamoalari qatnashdilar.
Voleybol 1964-yilgi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi. Tokiodagi
musobaqalarda 6 ta ayollar, 10 ta erkaklar jamoalari ishtirok etdilar. Erkaklar
jamoalari o‘rtasida sobiq Ittifoq jamoasi voleybol bo‘yicha birinchi olimpiada
chempionlari bo‘ldilar. Ayollar jamoalari o‘rtasida esa Yaponiya jamoasi
shohsupaning yuqori nuqtasiga chiqdi.
Voleybol sportning yetakchi turlaridan biriga aylandi. Buni xalqaro
voleybol federatsiyasiga bugungi kunda 110 dan ortiq mamalakat a’zo
bo‘lganligidan ham bilib olish mumkin.
O‘zbekistonda voleybol 1924-25 yillarda paydo bo‘lganligi haqida
ma’lumotlar bor. O‘zbekistonda voleybol o‘yinining paydo bo‘lganligi haqida
sport xavaskorlaridan birining ma’lumot berishicha, Toshkent shahrida
10
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Chernishev 1925-yilning oxiri 1926-yilning
boshlarida birinchi marta Moskva shahridan voleybol to‘pi, to‘r va musobaqa
qoidalari yozilgan kitobini olib kelgan va maktabda voleybol to‘garagini
tuzgan. Shu maktabning voleybol jamoasi 1927-yil 27-aprelda Metalis jamoasi
bilan o‘ynab, 3:0 hisobida g‘alaba qozonadi. Shu vaqtdan boshlab ushbu o‘yin
ishchi klub va jismoniy tarbiya to‘garaklarida o‘ynala boshlandi.
1927-yili KIM stadionida voleybol bo‘yicha maktablararo bahorgi
shahar birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
1927-yili 1-Butun O‘zbekiston Spartakiadasi o‘tkazildi va uni dasturida
voleybol o‘yini ham kiritildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda voleybol o‘yini
1927-yildan boshlab o‘ynala boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro voleybol federatsiyasiga 1991-yili
Osiyo Voleybol konfederatsiyasiga 1992-yili a’zo bo‘lgan. O‘zbekistonda
hozirgi kunda voleybol bilan 700 mingga yaqin kishi shug‘ullanadi.
|