14
passiv dam olish tanaffuslari bilan almashinib turadi. Bu ayniqsa, hujum
chizig‘idagi voleybolchilar o‘yinida yaqqol ko‘rinadi.
Voleybolchilar o‘yin faoliyatini bir necha tarkibiy qismlarga bo‘lish
mumkin: texnik, taktik, jismoniy va psixologik. Ularning har biri
muvaffaqiyatga erishish uchun katta ahamiyatga ega va o‘yin sifatini
belgilaydi.
O‘yin voleybolchilarning yetuklik (organizmning turli tomonlariga)
darajasiga – sakrovchanlikning, tez kuchlanish, harakatlarning tezligi va
chaqqonligi, tezlik-kuch chidamliligi, o‘sish balandligi bo‘yicha yuqori talablar
qo‘yadi. O‘yin jarayonidagi jismoniy zo‘riqishning yuqori darajadaligi
voleybolchilar organizmida yuqori darajadagi fiziologik o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Masalan, yurak qisqarishi va qon bosimi eng yuqori darajaning 90-
95% ga yetadi. O‘yinning oraliq sur’ati voleybolchilarning musobaqadagi
faoliyatini energiya bilan ta’minlovchi mexanizmlarning anaerob-aerob
xarakterini taqozo etadi, buni mashq jarayonini tashkil etishda hisobga olish
lozim.