• To‘pni aylantirib o‘yinga kiritish.
  • To‘pni o‘yinga mo‘ljalli yoki taktik kiritishlar




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/33
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #145792
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
    Bog'liq
    Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

    To‘pni o‘yinga mo‘ljalli yoki taktik kiritishlar. To‘pni o‘yinga 
    kiritishning bu turida o‘yinchilar to‘pni eng yuqori uchish tezligiga va 
    rejalashtirilmagan natijaga ishonishadi. Ochko yutish yoki qabul qilishni 
    qiyinlashtirish uchun to‘pni o‘yinga kirituvchilar maydonchaning 
    himoyalanmagan joyiga, kuchsiz qabul qiluvchi o‘yinchiga, chiqib kelayotgan 
    bog‘lovchining yo‘liga, ularning harakatlariga teskari yo‘nalishga to‘pni 
    aniqlikda yo‘naltirishga, shuningdek, keyingi to‘pni o‘yinga kiritishda to‘pning 
    uchish tezligi va yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga harakat qilishadi.
    Taktik mulohazalardan kelib chiqqan holda qayerga, kimga va qanday 
    to‘pni o‘yinga kiritish borasida qaror qabul qilinadi. Shuning uchun, ushbu 
    aniqlikdagi to‘pni o‘yinga kiritishlarning boshqacha nomi – to‘pni o‘yinga 
    mo‘ljalli yoki taktik kiritish deb ataladi.
    To‘pni aylantirib o‘yinga kiritish. Bunga katta tezlik bilan aylanish 
    beruvchi, uning trayektoriyasini sezilarli o‘zgartiruvchi to‘pni o‘yinga kiritish 
    kiradi, bu raqibning qabul qilishini qiyinlashtiradi. Uni aniqlikdagi to‘pni 
    o‘yinga kiritishlar sifatida ham foydalanishi mumkin. Markazdan berilmagan 
    zarba to‘pga ko‘proq aylanish beradi. Kuch qo‘yish vektori markazdan 
    qanchalik uzoq bo‘lsa, zarba natijasida to‘p shunchalik katta aylanish tezligiga 
    erishadi. Bu qabul qiluvchi o‘yinchilar uchun ancha murakkab bo‘lgan uchish 
    trayektoriyasini va ko‘pincha kutilmagan sakrashni ta’minlaydi.
      
    To‘pni o‘yinga kiritishga doir zaruriy xulosalar  
    To‘pni o‘yinga kuch bilan kiritishda to‘pning yuqori uchish tezligini 
    ta’minlashning shartlari xuddi to‘rga uzoqdan hujum zarbasini bajarishdagi 
    kabi bo‘ladi.


    30 
    To‘p o‘yinga kiritilgach, uchib borayotgan to‘pning trayektoriyasi oldindan 
    aytib bo‘lmaydigan sakrashsimon o‘zgarishi uchun u qabul qilish vaqtida 
    aylanmagan holda 17-19 m/s tezlikda harakatlanishi kerak.
    Agar harakatdagi zarba beruvchining vektori to‘pning markazidan o‘tsa, to‘p 
    aylanishsiz o‘tadi, zarba markaziy bo‘ladi. Zarba beruvchining kuch qo‘yilishi 
    to‘pning markazi orqali o‘tishni ta’minlash uchun, zarba qisqa, qattiqroq va 
    uzun richag bilan berilishi lozim. Zarba harakati birgalikda urilgandan so‘ng 
    qo‘l to‘xtagan holda, aloqaning “qattiq” sxemasi bo‘yicha uzatilishi lozim.
    Aniqlikdagi to‘pni o‘yinga kiritish, taktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgandagina 
    muvaffaqiyatli bo‘ladi. Aylanishli to‘pni o‘yinga kiritish to‘pni qabul qilishni 
    sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘pni o‘yinga mo‘ljalli yoki taktik kiritishlar

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish