• 2-vazifa. Himoyalovchi platformani oqilona o‘zgartirish.
  • -vazifa. Himoyalovchi platforma maydonini kengaytirish




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/33
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #145792
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
    Bog'liq
    Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

    1-vazifa. Himoyalovchi platforma maydonini kengaytirish.  
    Ushbu vazifaning hal etilishi to‘p bilan ishlashning ishonchliligini oshiradi. Bu 
    ma’lum ma’noda, to‘pning yetib borish ehtimolini ta’minlash uchun katta 
    mo‘ljaldan foydalanishga o‘xshaydi. Ushbu sharoitni amalga oshirishga urinish 
    sifatida himoyachilar tomonidan ikki qo‘ldan iborat platformadan foydalanish 
    to‘pni bir qo‘lda kaftning orqasi bilan qaytarishini ko‘rsatish mumkin. Bu 
    himoyachilarning to‘pni qaytaruvchi platformani tashkil etuvchi ikki qo‘l bilan 
    to‘pga ishlov berishga intilishlari bilan ta’minlanadi, bu tizzada sirpanib va yon 
    tomonga yiqilib qaytarilishlarda qo‘llaniladi. Ayrim holatlarda to‘pni orqaga 
    umbaloq oshib yiqilishda ikki qo‘llab qaytarish ham mumkin.


    48 
    Ta’kidlash joizki, to‘pni umbaloq oshib yelkadan yoki orqadan oshirib 
    qaytarish ko‘krak bilan sirpanib yiqilishdan ko‘ra samaraliroq, keyingi holatda 
    to‘p juda kichik va ancha notekis yuza – barmoqlarning orqa tomoni bilangina 
    qaytariladi.
    2-vazifa. Himoyalovchi platformani oqilona o‘zgartirish.  
    Himoyachi tomonidan qaytaruvchi platformani joylashishidagi mo‘ljalini 
    o‘zgartirmasdan turib ko‘chirishning eng tez va samarali usuli, nazariya va 
    amaliyot nuqtai nazaridan ham quyidagilar: qadam qo‘yish, egilish, tizzaga 
    sirpangan holda tashlanish, yon tomonga yiqilish (ushbu tartib o‘yinchining 
    yonidan o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofaning ortib borishi bilan 
    belgilanadi) umbaloq oshib yelka yoki orqadan to‘pni qaytarish, to‘p 
    himoyachidan uzoqroqda bo‘lganda mo‘ljallanadi.
    Qaytaruvchi platformani o‘zgartirish usulini tanlash himoyachining yaqinidan 
    uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. “Oyoqdan 
    oyoqqacha” tushadigan to‘plar ostida qaytaruvchi platformani o‘zgartirish 
    gavdani bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazib, qadam qo‘ymasdan turish 
    holatida to‘p qo‘l balandligida uchib o‘tayotgan bo‘lsa amalga oshiriladi. 
    Boshqa holatlarda platformani yoki oyoqlarni to‘g‘rilagan holda yuqoriga 
    ko‘tarilish, yoki oyoqlarni bukib, ularni oldinga o‘tkazib, pastga tushirish 
    kerak.
    Agarda to‘p oyoqlarning tashqi tomoni yonidan uchib o‘tayotgan bo‘lsa yoki 
    himoyachilarning oldida pastlashayotgan bo‘lsa, platformani qadam qo‘yib 
    yoki zarba ta’siri joyiga engashgan holda ko‘chirish samarali bo‘ladi.
    Agarda hujumchining zarbasi unchalik “aniq” bo‘lmasa va to‘p himoyachidan 
    ancha uzoq masofada uchib o‘tayotgan bo‘lsa, tizzada sirpanish holatida 
    platformani to‘p bilan uchrashish joyiga ko‘chirish, yon tomonga yoki to‘g‘riga 
    siljish va qo‘llarni oldinga tutib turish kerak. Himoya o‘yinidagi ushbu usul 


    49 
    ko‘proq joyni noaniq tanlangan hollarda (aniq tanlanganda hujumchini urgan 
    to‘pi to‘g‘ri himoyachiga kelib tushadi) qo‘llanilishi lozim.
    Tizzada sirpanish hisobidan himoyachi qaytaruvchi platformani to‘p ostiga 
    ko‘chirishga ulgurmagan hollarda, u platformani tayanch maydonining 
    tashqarisiga chiqarishga va qo‘lini uchish trayektoriyasiga qarshi cho‘zishga, 
    keyin yon tomonga yiqilish holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Biroq, himoyachi 
    yonga yiqilish holatida ham ikki qo‘llab to‘pga yeta olmasa, uni bir qo‘lda 
    intilish usuli qutqazishi mumkin – tirsakning old qismi bilan umbaloq 
    oshiriladi. Uncha katta bo‘lmagan tezlikda o‘tayotgan eng uzoqdagi to‘plar 
    ayollar voleybolida xuddi shu usulda yugurishdan so‘ng bilakning old qismi 
    bilan (ayrim hollarda kaft bilan) umbaloq oshib qabul qilinadi.
    Erkaklar voleybolida bunday vaziyatlarda ko‘krak bilan yiqilib sirpanishdan 
    foydalaniladi, to‘p esa barmoqlarning orqa tomoni bilan qaytariladi. Mexanika 
    nuqtai nazaridan ushbu o‘yin usuli, to‘pni umbaloq oshib qaytarishga 
    qaraganda, kamroq samaralidir. Yetkazib berish sifati esa ancha yuqori bo‘ladi, 
    chunki to‘p qo‘lning yumshoq yuzasi bilan ancha katta maydonda qaytariladi. 
    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak bilan yiqilish usulining yana bir 
    kamchiligi himoyada to‘pni qabul qilishning boshqa usullarini cheklab qo‘yadi 
    – ko‘pincha ularning o‘rnida qo‘llanilishidir. Himoyada o‘ynashning 
    samaraliroq va oqilona usullarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -vazifa. Himoyalovchi platforma maydonini kengaytirish

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish