52
yoki pastga harakatlantirishni
pasayish orqali, himoyachi mo‘ljalini
o‘zgartirmagan holda bajariladi. Agarda bunday usulda – qadam qo‘ymasdan
o‘tkazishda qaytaruvchi platformani to‘p ostiga o‘tkazishning iloji bo‘lmasa,
qadam qo‘yish yoki qadam tashlash ushbu holatlarda platformani o‘zgartirish
usullari ham faqat masofa jihatidan farqlanadi. Boshqa vaziyatlar esa jiddiy
hisoblanadi. Qadam tashlashda ham, yonga qadam qo‘yishda
ham qaytaruvchi
platforma himoyachi tomonidan tizzadan tashqariga olib chiqilmasligi lozim.
Me’yor bo‘yicha qo‘llar gavdadan yuqorida bo‘ladi, turish holatining yuqori
qismi o‘zgarmaydi. Bu to‘pni qabul qilish imkoniyatini oshiradi va to‘pning
aniq yetib borishini ta’minlaydi. Agar sharoit himoyachini platformani tizzadan
tashqariga olib chiqishga majbur etsa, buni joyidagi mo‘ljalni o‘zgartirmasdan
qilish kerak, buning uchun, qoida tariqasida bir
yelkani tushirish, boshqasini
qaytarish kerak.
13-rasm.
Qadam qo‘yishda va qadam tashlashda qaytaruvchi platformani tizzadan
tashqariga chiqarishi odatda gavdani burish hisobidan
amalga oshirilishi eng
katta xato bo‘lib, afsuski, u mahoratli o‘yinchilarga ham xos xususiyatdir.
Bunda deyarli doimo joylashishda platformaning mo‘ljali o‘zgaradi, chunki
53
uning tashqariga chiqarilishi
minorali kran kabi, gavdaning to‘p uchuvchi
tomonga burilishi bilan amalga oshiriladi. Bunday holatda to‘p
platformaga
biroz tegib o‘tadi va yetib bormaydigan darajada qaytariladi yoki o‘yinchi
burilgan tomonga tashqariga uchib ketishi ham mumkin.