Yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

Yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish. Himoyachi yuqori 
tezlikka va ikki qo‘llab to‘pga yetib olishga harakat qilishga qaramasdan yoki 
yiqilish yordamida qaytaruvchi platformani siljita olmagan hollarda boshqa bir 
texnik usuldan foydalanadi. U oldingi vaziyatni rivojlantirish sifatida 
bajariladi. To‘p bilan to‘qnashish joyigacha yetib borish uchun o‘yinchi 
qo‘llarini bir-biridan ajratadi va to‘pni yonga yoki hatto orqaga yotgan holda, 
bilakning oldingi (kaft) tomoni bilan qaytaradi. Keyin himoyachi orqasiga 


57 
buriladi, oyog‘ini ko‘targan holda boshqa qo‘lning yelkasi bilan umbaloq 
oshadi, tayyorgarlik turish holatiga o‘tadi (16-rasm).
16-rasm. 
Himoyada o‘ynashning ushbu elementi harakatlarining tuzulishi, yonga 
yiqilishi tuzilishidan farqi bajarishning oxirgi bosqichida bevosita to‘pni 
qaytarishi oldindan boshlanadi. Agarda o‘yinchining to‘p tomon harakat tezligi 
unchalik katta bo‘lmasa, yoki yelka orqali umbaloq oshish jarayonida o‘rta 
chiziqni kesib o‘tish xavfi bo‘lganda, himoyachining orqaga ag‘darilib, 
umbaloq oshishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday usulda umbaloq oshishni 
bajarganda ba’zida himoyachilarda to‘pni ikki qo‘llab o‘ynash imkoniyati 
bo‘ladi. Orqa bilan aylanish jarayonida himoyachiga o‘zini yig‘ishtirish 
(oyoqlarni yaqinlashtirish) va yelka orqali umbaloq oshishni tugallash, tizzadan 
turish holatiga o‘tish uchun intilish kerak bo‘ladi, bu holatdan qo‘lga tayangan 
holda sakrab asosiy holatga turish yengil va tezroq bo‘ladi.
Umbaloq oshishga harakat qilish va “kirishish” tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
u shunday katta tezlikda amalga oshiriladi va o‘yinchining asosiy turish 
holatiga o‘tishi shuncha tez yuz beradi. Umbaloq oshishni amalga oshirishning 
ushbu variantida himoyachi katta masofada uchib borayotgan to‘pga yetib 
borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Download 1,36 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish