5-vazifa. Himoyalovchi platformani harakatlantirishning maqsadga
muvofiq tartibini ta’minlash.
Himoyalovchi platformani to‘p bilan maqsadga muvofiq o‘zaro ta’sirini
ta’minlash vazifasini bajarishning eng muhum jihati ularning birgalikda
urulishi ratsional tezlik-kuch rejimini tanlash va tashkil etishidir. Sport
mahoratining shakllanishi bosqichida hujumchi zarbasidan so‘ng to‘pning
odatdagi uchish tezligi shunday bo‘ladiki, himoyachi uni yetkazishni amalga
oshirish uchun platformaning qarshi harakati bilan qaytarishga majbur bo‘ladi.
Keyinchalik, mahorat va zarba kuchining o‘sishi bilan, himoyachilar, to‘p talab
etuvchi tezlik bilan uchishi uchun, faqatgina qaytaruvchi platformani surib
qo‘yishlari kifoya qiladi. Yuqori sinfdagi hujumchilarda zarbadan keyin to‘p
60
shunchalik uchib ketadiki, qo‘lning bo‘shashuvchi harakati bilan uni
“so‘ndirmasdan” turib, sifatli yetkazib berish uchun qabul qilish deyarli
mumkin bo‘lmay qoladi – to‘p qochib boruvchi platformani quvib yetishi
kerak.
Agar murabbiylar o‘z tarbiyalanuvchilariga bo‘shashuvchi rejimda
platformning harakati bilan zarbani “yumshatish”ni o‘rgatishmasa, unda
himoyachilar faqatgina o‘zlashtirilgan usullardan – to‘pni urib yuborish yoki
eng yaxshi holatda platformani surib qo‘yishdan foydalanadilar. Platformaning
yon beruvchi harakatisiz amalga oshirib bo‘lmaydigan shartlarni belgilaymiz,
bular himoyachi zarbadan oldin asosiy holatda turganida qo‘llarini to‘pni
qaytarish uchun zarur bo‘lganidan yuqoriroqqa ko‘tarishi lozim. Faqat shunday
dastlabki holatdan keyingina platformaning to‘p zarbasini yumshatuvchi
harakatini bajarish va bu bilan uning zarur yo‘nalishi va uchish tezligini
ta’minlash mumkin.
Agar dastlabki holatda himoyachi qo‘lini pastdan tutib tursa (ayniqsa, ular
bukilgan bo‘lsa, bu bukilgan bel uchun tabiiydir), to‘p bilan zarba uchrashuvi
joyiga platformani olib chiqish bo‘yicha har qanday harakat, o‘z mohiyatiga
ko‘ra, qarshi harakat bo‘lib, hujumchining zarbasi qanchalik kuchli bo‘lsa,
to‘pning yetkazib berilishi shunchalik yomonlashadi.
Platformaning o‘rin beruvchi harakatidan tashqari, tegishli sharoitlarda boshqa
usullar bilan ham to‘pning tezligini “sekinlashtirish” mumkin. Aynan zarbani
ta’minlovchi jarayonda biroz engashish va gavdaning to‘pga nisbatan
harakatlanishi hisobidan (o‘yinchi orqaga siljib himoyalanayotganda) amalga
oshadi. Uchib borayotgan to‘pning tezligini, qo‘l qo‘yilishi bilan (qaytaruvchi
platformaning qattiqligini pasaytirib), “sekinlashtirish ” mumkin, biroq
qo‘llarni to‘p yaxshi yetkazib berilishi uchun juda aniq joylashtirish kerak.
Bunda zarbani tartibga solish uchun imkoniyatlar cheklangan, chunki muskul
kuchlanishlari, zarba qismlari harakatlanishiga nisbatan aniq sezilmaydi.
|