55
Qaytaruvchi platformani boldirga sirpanish bilan siltanish hisobidan olib
o‘tganda himoyachining yon tomonlaridan 2-2,5 m masofada uchib o‘tayotgan
to‘pni qaytarish mumkin. Biroq, o‘yinda yanada uzoqroqdagi to‘pga ham
“yetib borishga” imkon beruvchi boshqa himoya usullari ham bor bo‘lib, bunda
yon tomonga yiqilish, yelka yoki orqa bilan umbaloq oshib to‘pni qabul qilish
nazarda tutiladi. Ular o‘z xatosini (joyni noto‘g‘ri tanlash, zarba yo‘nalishini
noto‘g‘ri aniqlash va b.) yoki sherikning xatosini to‘g‘rilashda, to‘p to‘siq
qo‘yuvchilar yoki himoyachilarga tegib o‘z yo‘nalishini birdaniga
o‘zgartirganda to‘p bilan ishlash vaziyatlarida qo‘llaniladi.