56
Keyin o‘yinchi “o‘tirgan” holatdan yon tomonga dumalashni bajaradi, to‘pni
qaytargandan keyin ko‘krak bilan polga tegib turishga intiladi. Tashqi
tomondan bu yonga yiqilishga o‘xshab ko‘rinadi, aslida esa o‘yinchi egilgan
oyoqlar va ko‘krakda yotgan bo‘ladi. To‘pni qaytargandan keyin qo‘llar bir-
biridan ajratiladi va yarim bukilgan holatda to‘g‘ri tayanchsiz (yuqorida turgan)
oyoqni yuqoriga siltash bilan, deyarli bir vaqtda (gavdaga nisbatan orqada),
kaftlar polga qo‘yiladi. Bunda oyoq yuqoriga (orqaga), siltanishi hisobidan
himoyachini ko‘kragi bilan polga yopishadi. Aks holda (yuqoriga
siltanmasdan) o‘yinchi yonga yiqilgan yoki orqaga ag‘darilgan holatda qoladi.
Keyin o‘yinchi qo‘llari yordamida tezda “sakrab” asosiy turish holatiga o‘tadi
va o‘yinga qo‘shiladi. To‘pni qo‘l va gavda tizza tashqarisidan chiqarilgan har
qanday bosqichda, hatto qorin va ko‘krakda sirpanish holatida ham qaytarishi
mumkin, bu ushbu o‘yin usulining ijobiy jihatidir. Umuman esa, yonga
sirpanish himoyachiga start tezligi yetishmagan hollarda zarur bo‘ladi, yon
tomonga sirpanmasdan ham yiqilish mumkin.
Ta’kidlash kerakki, yetarlicha tezliksiz yon tomonga yiqilish bu himoyachining
ham xatosi, ham xatoni to‘g‘rilashga urinishdir. U himoyachi tomonidan
joyning noaniq tanlanishi yoki hujum zarbasi yo‘nalishining yomon
aniqlanishi, yoki himoyachining betaraf turish holatidan start holatiga uzoq
vaqtda o‘tishi, yoki to‘siqdan to‘pning oldindan bilib bo‘lmaydigan uchish
natijalari sifatida vujudga keladi.