69
o‘yinchining muvozanati ishonchliroq bo‘ladi. Bu to‘siq qo‘yuvchini to‘rga
tegib ketish va o‘rta chiziqdan o‘tib ketish kabi xatolardan saqlaydi. Biroq,
o‘yin vaziyati ko‘pincha keyingi tez harakatlanishni talab etadi. Harakatlanish
tomoniga muvozanatni tezroq yo‘qotish uchun (bu bilan tezroq harakatni
boshlash ), agar sharoit yo‘l bersa, yuqorida
eslatilgan nuqtadan zaruriy
yo‘nalishdagi qarama-qarshi tomonga mumkin qadar biroz siljish bilan yerga
tushish kerak.
Itarilishda xatoga yo‘l qo‘yilgan hollarda, buning natijasida umumiy tana
holatini uchish trayektoriyasi raqib maydoni tomon “o‘tib ketadi”, yerga
tushishda oyoqlarni o‘rta chiziqqa qo‘yish va qo‘llar
bilan muvozanatni
saqlashga urinish lozim. Raqib tomonga tushishning boshlanishi odatda sekin
bo‘ladi, sherik pastga tushayotgan to‘siq qo‘yuvchining muvozanatni ushlab
turishga qo‘llari bilan yordam berishga ulgurishi mumkin.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish. Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish texnikasining
qiyinchiliklari to‘siq ishtirokchilari harakatlarini o‘zaro kelishilganligi
muammolari bilan bog‘liqdir. Jumladan, to‘siq qo‘yuvchilarning to‘r bo‘ylab
bir yo‘nalishga harakatlanishida
ikkita xatodan bittasi; zich bo‘lmagan
(tuynukli) to‘siq holati agarda to‘siq qo‘yuvchilar bir vaqtda sakrashmasa yoki
yugurib kelayotgan so‘nggi to‘siq qo‘yuvchi sakrashda kechiksa, oldinroq
sakragan sherigiga yetish uchun harakatga vaqt sarflamasa,
yaxshi tashkil
etilmagan to‘siq vujudga keladi. Agar harakatlanayotgan so‘nggi to‘siq
qo‘yuvchi kechikmasa, unda oxirgi qadamni bajarayotgan sherigining oyog‘ini
bosib oladi, bu ham to‘siqning tashkiliy tomonini pasaytiradi. Taranglashuv
jarayonida to‘siq bo‘yicha sherikka “uchib yetib borish” juda muhumdir. Axir
to‘siq qo‘yuvchi o‘z sherigiga qancha masofagacha yugurib borolmasa, to‘r
ustidagi guruhli to‘siqda shunchalik kattalikdagi tirqish paydo bo‘ladi.
To‘siqdagi “tirqish”ni sakrashda sherik bilan yaqinlashish yoki ikkita bir-biriga
yaqin to‘siq qo‘yuvchilar hisobidan bartaraf etish salbiy oqibatlarga olib keladi.
70
Havoda to‘qnashuv, to‘rga tegib ketish yoki sifatsiz to‘siq qo‘yish, to‘siq
qo‘yuvchilar qo‘lini sheriklar tomonga uzatgan holda to‘pni “tutib olish”
imkoniyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin. Bunda maydonda himoya
harakatlarini tashkil etish uchun ma’lum bir
qiyinchiliklar himoyachilarga,
hujumchilarga qarshi harakat uchun o‘z joylarini topish murakkabligi kabi
vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. To‘siq qo‘yuvchilar o‘z harakatlarini
yaxshi tashkil etmasligi tufayli to‘pning tezligi va qiyalik trayektoriyasi
zarbadan so‘ng olib borilishi mumkin – bunday siqilgan to‘siq
raqibga egri
trayektoriya bo‘yicha qiyali zarba berishga imkon yaratadi. Standart
vaziyatlarda to‘siq qo‘yuvchilarning o‘zaro harakati quyidagi tartibda eng
oqilona va samarali deb hisoblashi mumkin. To‘siq qo‘yuvchilar oldindan
ko‘ra bilish asosida, taxmin qilinayotgan hujum joyiga mumkin qadar ertaroq
joylashib olishga intiladilar.
Guruh bo‘lib qarshi harakat qilishda sakrash uchun joyni, kimning hududida
hujum zarbasi bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi joy tanlaydi. U
sakrash uchun joyni aniqlaydi, to‘siq qo‘yiladigan joyga oldinroq o‘tib olishga
intiladi va raqib jamoasi hujumchisining harakatlariga ko‘ra
siltanish uchun
vaqtni tanlaydi, joyida taranglashgan holda sakrashni bajaradi. To‘siqning
boshqa ishtirokchisi tiralgan yoki yuguruvchi qadamlar bilan asosiy to‘siq
qo‘yuvchiga yaqinlashib keladi. Tayyorlanish va undan keyingi sakrashni
ikkala o‘yinchi ham bir vaqtda bajarishi zarur – shunda to‘siq zich holda
bo‘ladi, to‘siq qo‘yuvchining birgalikda qo‘llarini to‘pga ko‘ndalang tomonga
o‘tkazishlariga, aylanib o‘tuvchi zarba holatining oldini olishga, ya’ni “tutib
oluvchi” guruhli to‘siqni bajarish imkoniyati saqlanadi.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda sherikkacha yugurmasdan sakrab qo‘yish,
faqatgina to‘siq qo‘yuvchining zaruriy itarilish joyiga o‘tishga jismonan ulgura
olmagan hollarda o‘zini oqlashi mumkin.
Shunday qilib, yuqorida bayon
qilinganlardan xulosa qilsak:
71
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda sakrash uchun joyni kimning hududida hujum
bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi tanlaydi, boshqalar unga
moslashadi.
Guruhli to‘siq zich bo‘lishi uchun moslashishi kerak bo‘lgan to‘siq qo‘yuvchi,
oxirgi qadamni tayyorlangan ko‘rinishda qo‘yadigan bo‘lib sherigigacha oyoq
bilan yugurib borishi zarur.
Bir yo‘nalishda to‘r bo‘ylab ikki (uchta) to‘siq qo‘yuvchining
bir vaqtda
harakatlanishi xatoliklarga: maydonchada va havoda o‘yinchilarning
to‘qnashib ketishlariga, zich bo‘lmagan yoki yaxshi tashkil etilmagan to‘siq
qo‘yilishiga olib keladi, bular ko‘pincha to‘siqni oxirgi ishtirokchisining ancha
kech yoki “uzoqroqdan” sakrashi tufayli kelib chiqadi.