Himoyalanishni amalga oshirishda o‘yinchi harakatlari xususiyatlari




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

Himoyalanishni amalga oshirishda o‘yinchi harakatlari xususiyatlari. 
Himoyalanish mavjud o‘yin sharoitlari bilan aniqlanadi. Himoyalovchi 
o‘yinchiga, himoyachi kabi uch tomonga emas, balki har to‘rt tomonga 
harakatlanish zarur bo‘ladi. Bu turish holatiga alohida talablarni qo‘yadi. 
To‘siq qo‘yuvchilarni himoyalashda hali to‘pning sakrash yoki urulish 
yo‘nalishi aniqlanmasdan turib, oldindan qaysidir tomonga muvozanatni 
yiqilish yoki turish holatida siljishi mumkin emas. Himoyalovchi 
(straxovkachi) turish holatida qo‘llarini yarim bukilgan va odatdagidan 
yuqoriroqda (kaftlar taxminan yuzga yaqin darajada) tutish kerak. Zich 
qo‘yilgan, yaxshi tashkil etilmagan yoki harakatlanuvchi to‘siq qo‘yilgan 
holatlarda, bu usul to‘pni ishonchli qaytarishga va yuzning jarohat olmasligida 
yordam beradi. Shuni ham alohida hisobga olish kerakki, raqib “sof” aldovchi 
zarbalar qo‘llagan hollarda – to‘pni to‘siq ustidan yoki himoyalovchi va 
himoyachilar faqatgina joy ishonchli tanlamaganligi omilidan foydalanib 
yutishga urinishini hisobga olish zarur.
Agar himoyalovchilar tomonidan to‘p tashlashning yo‘nalishi aniqlangan 
bo‘lsa va shu sababli o‘z vaqtida harakatlanib ulgurgan bo‘lsalar, qabul qilishda 
muammo bo‘lmaydi – to‘p himoyalanuvchining yengilgina o‘ljasiga aylanadi, 
ya’ni himoyalashda to‘p bilan ishlash tezligi va texnikasiga emas, balki o‘yinni 
oldindan “o‘qiy bilishga” – oldindan ko‘ra olishga ko‘proq tayanish lozim.
  
Zamonaviy voleybolda himoyada o‘ynashga doir zaruriy tavsiyalar  
  
Himoyadagi samarali o‘yin ko‘p jihatdan himoyachi hujumini qaytarish uchun 
joyni to‘g‘ri tanlanish va o‘z vaqtida asosiy turish holatiga o‘tish bilan 
belgilanadi. Joyni tanlashda himoyachi o‘yinning jamoaviy va guruhli 
taktikasini, shuningdek, hujumchi xususiyatlari va vujudga keluvchi o‘yin 
vaziyatini hisobga olishi kerak. Tez uchib kelayotgan to‘pga ulgurish uchun, 
himoyachining harakatlari bo‘yicha hujum yo‘nalishini hisoblashga o‘rganish 


62 
va seza bilish (zarba harakatlari bo‘yicha) va mumkin qadar tezroq to‘p ostiga 
harakatlanishni boshlash lozim.
Himoyachilarning turish holatida to‘pga harakatlanishi, hujumchining 
zarbasidan oldinroq muvozanatni yo‘qotishdan boshlanishi kerak, bu ancha 
vaqtni tejashga imkon beradi. Qo‘lni qaytaruvchi yuzasi maydonini to‘g‘ri 
qo‘yilganda va uning joylashishidagi tekislikka mo‘ljalini to‘g‘ri tanlash 
himoyada to‘pni yaxshi ushlash imkonini beradi. Joyda himoyachi 
platformaning mo‘ljalini o‘zgartirmagan holda tez o‘tkazilishi qadam qo‘yish, 
egilish, boldirda sirpanish, yonga yiqilish yoki umbaloq oshish kabilar 
hisobidan amalga oshiriladi. Erkaklar voleybolida ko‘krak bilan yiqilish ham 
qo‘llaniladi.
Himoyachining barcha usullari bir xilda boshlanib, bir-birini davom ettirgan 
holda, yagona majmuaga organik bog‘langan bo‘lishi kerak. Himoyachi 
platformani o‘zgartirishining aniq bir usulini tanlash uchib o‘tayotgan 
to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. To‘pni yetkazib beruvchi sifatida 
himoyachi platformaning muayyan vaqtda zarbadan keyin to‘pning uchish 
tezligiga bo‘g‘liq holda harakatlanishning eng maqbul rejimi bilan 
ta’minlanadi: bunga platformaning yon berishi yoki uni harakatsiz holatda 
ushlab turish yoki qarshi harakat qilishi kabilar kiradi. Himoyalovchi 
o‘yinchida to‘rtta ehtimoliy harakat yo‘nalishlari bo‘lganligi uchun u barqaror 
turish holatida bo‘lishga majbur. Harakatlanishga vaqtni qisqartirish uchun 
hujum yo‘nalishini oldindan aniqlash asosida harakatlanish tomoniga 
muvozanatni yo‘qotish zarur, bu bilan qarshi harakat ilgariroq amalga 
oshiriladi.

Download 1,36 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Himoyalanishni amalga oshirishda o‘yinchi harakatlari xususiyatlari

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish