63
xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yakka va guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish texnikasini
farqlash mumkin. To‘siq qo‘yishni o‘yinchlar
joyidan sakrash bilan,
harakatlanishda (to‘r bo‘ylab uchib o‘tib) va harakatdan so‘ng, ko‘pincha
kuchlanishni oxirgi qadamida bajaradilar. To‘siq bilan zarbaning ma’lum
yo‘nalishini yopish, qo‘llarni harakatsiz tutib turish (to‘siq hududi) yoki zarba
yo‘nalishini tutib qolish, to‘pni qaytarish uchun qo‘llarini bir tomonga uzatish
(tutuvchi to‘siq) mumkin.
Yakka holda to‘siq qo‘yish. To‘siq qo‘yishni bajarish texnikasi odatda ancha
oddiy va yengil ish hisoblanadi, faqat sakrash va qo‘llarni yuqoriga cho‘zish
kerak. Bu usul oddiy bo‘lib tuyilsa-da, har qanday toifadagi o‘yinchilarda ham
amalda ko‘plab,
shu jumladan, to‘siq
samaradorligini pasaytiruvchi,
texnik
xarakterdagi xatoliklarni ko‘rish mumkin (18-rasm).
18-rasm. To‘siq qo‘yish.
To‘r yonida raqibning hujumlariga
samarali qarshi harakat qilish, to‘siq
qo‘yuvchi o‘yinchilar tomonidan ketma-ket hal qiluvchi bir
qator vazifalardan
tashkil topadi.
1-vazifa:
1.
Ikkinchi uzatishning va hujum zarbasining yo‘nalishini oldindan bila olish,
shu asosda hujum joyiga o‘z vaqtida siljishni boshlash.
64
2.
Hujum hududiga o‘z vaqtida o‘tish va yuqoriga
sakrash uchun sharoit
yaratish, zaruriyat bo‘lganda, o‘z harakatlarini to‘siq bo‘yicha sheriklar bilan
kelishtirish.
3.
Baland vertikal sakrashni bajarish (zaruriyat bo‘lganida to‘r bo‘ylab
oldindan siljib o‘tish).
4.
Raqib jamoasi hujumchi o‘yinchilarining zarbasi yo‘nalishini oldindan bila
olish.
5.
Hujumchiga samarali qarshi harakat qilishni tashkil etish uchun qo‘llarni o‘z
vaqtida va maqsadga muvofiq tarzda to‘pga to‘g‘ridanto‘g‘ri
qarshi
yo‘nalishga o‘tkazish.