"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

2-vazifa. Hujum zonasiga o‘z vaqtida o‘tish va yuqoriga sakrash uchun sharoit 
yaratish, zaruriyat bo‘lganida o‘z harakatlarini to‘siq bo‘yicha sheriklar bilan 
kelishtirish.
To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchining harakatlanish usuli to‘siq qo‘yish joyigacha 
bo‘lgan masofa, vaqt bo‘lish, zaruriy sakrash trayektoriyasi, hujumchining 
to‘rga tomon yugurish burchagi va boshqalar bilan aniqlanadi. Uncha katta 
bo‘lmagan oraliqda harakatlanishni tayanch tiralgan qadamlar yoki sakrash 
(harakat yo‘nalishi bo‘yicha “uzoqdagi” oyoqda ikkita qattiq tovonda) bilan 
bajarish eng samaralidir.
Harakatlanishning bunday usuli raqib jamoasi hujumchisi va bog‘lovchi 
o‘yinchini doimo ko‘rib turishga imkon beradi, to‘siq qo‘yuvchining har 
qanday vaqtda sakrashga tayyorlanishini ta’minlaydi. Umuman olganda esa
vaqt imkon bersa, tayanch tiralgan qadamlar bilan ancha kattaroq oraliqni ham 
bosib o‘tish mumkin.
Vaqt tig‘iz bo‘lganda 3-4 metrdan 8 metrgacha oraliqda harakatlanish uchun 
yuguruvchi qadamni qo‘llash samaraliroqdir, yon tomon bilan to‘r bo‘ylab 
(yugurishni harakat yo‘nalishi bo‘yicha yaqinroqdagi oyoqdan boshlab) 
harakatlanish va keyin burulib raqibga yuzma-yuz turish, to‘rga yaqin oyoqda 


65 
taranglashish lozim. Ba’zida o‘yin vaziyati o‘yinchiga, to‘rga yon tomon bilan 
burilmaslik uchun, ko‘ndalangiga ikkinchi qadamni bajarishga imkon beradi. 
Biroq har qanday holatda ham yugurishni to‘r bo‘ylab amalga oshirish kerak, 
“joy tanlab to‘siq qo‘yish” holati bundan mustasno.
3-vazifa. Yuqori vertikal sakrashni bajarish yoki zaruriyat bo‘lganda to‘r 
bo‘ylab harakatlanish. Sakrash balandligi o‘z-o‘zicha (uning trayektoriyasi 
kabi) samarali to‘siq qo‘yishning sharti hisoblanadi. Yuqoriroq sakrashda 
to‘siq qo‘yuvchilar taranglashuv effektidan foydalanadilar. Joyida 
taranglashuv bilan sakrashni bajarishga o‘rgatilmasligidan, o‘yinchilar buni 
ko‘pchilik hollarda asossiz ravishda, to‘pga yugurib kelib to‘siq qo‘yishda 
qo‘llaydilar. Bu bir qator texnik xatoliklarga (to‘rga tegib ketish, o‘rta 
chiziqdan o‘tib ketish) va yaxshi tashkil etilmagan to‘siq qo‘yishlarga olib 
keladi.
4- Vazifa. Raqib jamoasi hujumchi o‘yinchilarining zarbasi yo‘nalishini 
oldindan bila olish. Raqibning hujum joyiga yaqinlashish jarayonida to‘siq 
qo‘yuvchilar yugurishni tugatish va yuqoriga sakrash tabiiy elementi 
hisoblanadi. Tahlilning asosiy xulosalari to‘siq uchun ham qo‘llanilishi 
mumkin – ularni takrorlashga hojat yo‘q. Faqat to‘siq qo‘yishni amalga 
oshirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarinigina qarab chiqish o‘rinlidir.
To‘rga yoki sheriklariga tegib ketmasligi uchun to‘siq qo‘yuvchi o‘z siltanish 
harakatlarini bukilgan qo‘llari bilan bajarishga majburdir. Taranglashuvda 
tovonlarni tayanchga qattiq holda, to‘rga bir vaqtda to‘g‘ri burchak ostida 
qo‘yilishi kerak. Qadamlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1,36 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish