47
navbatda hal etishi zarur. Joyni himoyachi yoki to‘siqchi tomonidan, guruh
yoki jamoa taktikasini hisobga olgan holda, shuningdek, raqibning hujumchi
o‘yinchilarining xususiyatlarini va vujudga kelgan o‘yin vaziyatini hisobga
olib, zarbadan oldinroq tanlash. Hujumchining zarbadan oldingi harakatlari,
o‘yin vaziyati, hujumchi o‘yinchilarning xususiyatlari asosida hujum
yo‘nalishini oldindan seza bilish. Himoyalovchi platforma maydonini
kengaytirish – to‘pni qaytarish uchun bir emas, ikkala qo‘ldan foydalanish,
to‘pni barmoqlarning orqa tomoni bilan emas, balki tirsakning old qismi bilan
qaytarish. Himoyachi tomonidan qaytaruvchi platformaning to‘p bilan
uchrashish joyiga tez va oqilona o‘tkazilishi, uning joylashishidagi zaruriy
mo‘ljalini saqlab qolish, to‘pning uchib ketishi kerakli trayektoriyasini
ta’minlash.
Platformaning maqsadga muvofiq siljishi hisobidan to‘pni yetkazib berishi
uchun zarur bo‘lgan vektor tezligini ta’minlash: qarshidan zarba bo‘lganda,
harakatsiz holatda turib qolish yoki bo‘shashuvchi harakatda va boshqalar.
Mohiyatiga ko‘ra, faqat quyida bayon qilinadigan vazifalar an’anaviy o‘yin
“texnikasi” tushunchasi doirasida hal etiladi.