"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

7-rasm.
  


40 
Alohida ishlovchi tolalarning muskullar qisqarishi boshida va oxiridagi 
holatlari 7-rasmda A va B holatlar bilan belgilangan. Qiyaburchakli yelka 
muskullarining ushbu g‘aroyib xususiyatlari tezlikkuch xarakteridagi 
harakatlarda ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi.
Tezkor harakatlarning mexanik samarasi ancha yuqori darajada, harakat 
davomida almashinib turuvchi bo‘g‘inlarga qo‘yiladigan kuch burchaklarining 
geometrik nisbati bilan aniqlanadi. Ushbu o‘zgarishlarning xarakteri kuch 
ta’siri sxemasini belgilovchi suyaklarga nisbatan muskullarning biriktirilgan 
joyiga bog‘liq bo‘ladi (16-rasmga qarang).
Harakat jarayonida, bo‘g‘in birikmalari tizimida muskullarning joylashuviga 
bog‘liq holda, kuch qo‘yilishi yelkasining noproporsional o‘zgarish darajasi 
mayatnikning bir xil og‘ish burchagida turlicha bo‘ladi. Masalan, 
aloqadorlikning “qat’iy” sxemasi bo‘yicha muskullar biriktirilgan mayatnik 
uchun (o‘sib boruvchi qat’iylik bilan) harakat jarayonida, amplitudaning bir xil 
kattalikda oshib borishi, kuch qo‘yilish yelkasining noproporsional, nisbatan 
uzayib boruvchi o‘sishini keltirib chiqaradi. 
8-rasm.
Bu zarba beruvchining tezda tezlanishi va o‘zaro ta’sirlashuvchi elementlar 
tezliklarining yuqori farqlarini quvvatlash imkoniyatini ta’minlaydi. Shunga 


41 
muvofiq, muskullardan mayatnikka uzatiluvchi energiya miqdori ham 
ko‘payadi. Aslida esa, agar muskullarning “tezkor kuchni” (u ham, har qanday 
dvigatel kabi o‘zining V
max
va F
max
lariga ega) rivojlantirish qobiliyatlarining 
cheklanganligini hisobga olinsa, unda jismni samarali tezlashtirish uchun hal 
qiluvchi kuch qo‘yish yelkasining maqsadga muvofiq o‘zgartirilishi 
hisoblanadi. Masalan, harakatning chekka nuqtasi M ga kuch qo‘yilishi yelkasi 
L
m
eng katta, mayatnikning joriy tezligi esa nolga teng bo‘ladi (V
k
=0). 
Tezliklar farqining o‘sib borishi (V
max
-V
x
) oqibatida tezlantirilayotgan 
mayatnikka ko‘proq kuch qo‘yish uchun sharoitlar paydo bo‘ladi. Boshqa 
tomondan esa, tezlanishga bog‘liq holda muskullarning bir xildagi qisqarishi 
mayatnikning o‘sib boruvchi burchak siljishlarini ta’minlaydi, bu uning 
burchak harakat tezligining noproporsional ortib borishini keltirib chiqaradi. 
Bu esa mushakning maksimal ta’sir kuchi oshishini anglatadi, bu o‘z navbatida, 
o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezligidagi farqlarni oshiradi, bu bilan ishlab 
chiqarilayotgan energiya oqimining
“o‘zlashtirilishini” oshiradi.
Biroq, kuch qo‘yishning “mos” sxemasi, aniq harakatlar uchun juda foydali. 
Muskullarning bir xilda qisqarishida oyoqlar yo‘lining kamayib borishi 
harakatning yanada aniqroq farqlanishi uchun sharoit yaratadi.
Xato qilish kattaligi va ehtimoli pasayadi. Shu tarzda, “mos” model tizim 
hisoblanib, unda mayatnikning burchak siljishi amplitudasi chekka nuqtasidan 
muvozanat holati tomon harakatlanganda, harakatni uzatish munosabatlari 
kamayishi tomoniga, “qat’iy” modelda esa ko‘payish tomoniga o‘zgaradi. 
Obrazli qilib aytganda, “mos” sxemadagi aloqadorlik modelida “uzatishlar 
qutisi” yuqoridan pastga o‘zgartiriladi, “qat’iy” modelda esa, aksincha, pastdan 
yuqoriga darajaga o‘zgartiriladi.
Tabiiyki, obyektga mumkin qadar katta tezlik xabarini berishda ikkinchi usul, 
ya’ni kuch qo‘yishning “qat’iy” sxemasi foydaliroq. “Qat’iy” sxemadagi 


42 
aloqadorlik bo‘yicha mayatnik tezlanishining boshida, uning tezligi kichik 
bo‘lganda (bu tezliklarning katta farqini: V
max
-V
x
ni belgilaydi), yuqori samara 
olish uchun muskul kuchini katta yelka orqali qo‘yish foydaliroqdir.
Tezlanish oshishi bilan kuch yelka muskullarida kamayadi. Biroq bunda, 
o‘zgaruvchan uzatish munosabatlari effekti hisobidan, maksimal tezlik (V
max

oshadi. Bu o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezliklaridagi farqni quvvatlab turish 
imkonini beradi va kiritilayotgan energiyaning foydalilik koeffitsientini 
pasaytirmaydi. “Mos” sxemadagi aloqadorlik modelida teskari manzara 
kuzatiladi. Hujumda tezlanishning boshida, kuch sifati yelka muskullarida 
namoyon bo‘layotgan paytda, bosh miya katta yarimsharlariga jiddiy 
tezlanishni xabar qilish imkoni yo‘q. Ma’lum bir tezlikka erishgandan so‘ng 
esa, yelka muskullarida kuch oshib boradi, chunki yelka bilan aniqlanuvchi 
V
max
kamayishi sababli, miyacha kami 3-4 soniya mobaynida bosh miyaga 
xabarni yetkazadi. Aloqadorlikning “mos” sxemasidagi muskullar esa 
mayatnikni muvozanat holatidan osongina chiqarishga qodir bo‘ladi, zaruriyat 
bo‘lganda ko‘proq kuch momentini qo‘ya oladi, “qat’iy” sxemadagi muskullar 
esa mayatnikka, yoki umuman ta’sir ko‘rsata olmaydi (axir kuch qo‘yish 
yelkasi nolga teng bo‘ladida), yoki ushbu vazifani katta qiyinchilik bilan 
bajaradi. Muskullar kuch sifatini namoyon qilishda esa
“mos” sxemasi juda aniq harakatlar qilishda foydali, chunki sportchi 
a’zolarining harakatlanishi muskullar qisqarishi hisobidan ta’minlanadi, 
boshqa aloqadorlik tizimlarida bu mumkin emas.


43 

Download 1,36 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish