"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

9-rasm.
Gavda muskullarini qarab chiqamiz. 9-rasmda umurtqa ustunining ayrim 
muskullarining birikish usullari keltirilgan. O‘qosti muskullari o‘z paylari bilan 
ikki oraliq umurtqa disklarining orqa o‘qosti o‘simtalariga bog‘langan. Rotator 
muskullar yuqori diskning yon o‘simtalarini quyi qo‘shni diskning o‘qosti 
o‘simtalari bilan bog‘lab turadi. Umurtqa ustunining gavdani burilish 
jarayonidagi aylanishida, eslab o‘tilgan muskullar “qat’iy” sxema bo‘yicha 
ishlaydi. Qorinning to‘g‘ri va egri muskullari ham, belning keng muskullari 
ham, shuningdek, umurtqa bo‘ylab joylashgan muskullarning barcha 
to‘plamlari ham shu ish tartibida faoliyat yuritadi. Shu tarzda, gavda harakati 
ham o‘rganilgan aloqadorlik sxemalarining ikkalasida ishlashi mumkin. 
Agarda qo‘lning siltanishi va zarba gavdaning qaytuvchi burilishi bilan 
bajarilsa, aloqadorlik sxemasi “qat’iy” hisoblanib, bu zarba tezligini oshirish 
uchun qulaydir. Agarda gavda bilan harakat orqaga, oldinga egilishlar 
hisobidan bajarilsa, unda regressiv (pasayuvchi) qat’iylikdagi kuch 
qo‘yishning “mos” sxemasi ishlaydi.


44 
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, 
zarba beruvchining tezlanish jarayonida eng yuqori tezlikka erishish uchun 
zarba berish qismlari sonini ko‘paytirishga intilish va har bir qismning 
tezlanishini shunday mo‘ljallash kerakki, zarba vaqtida barcha qismlarning 
tezligi eng yuqori darajada bo‘lsin. Odamning skelet muskullarida egiluvchan 
elementlar parallel va qat’iy ketma-ketlikda qisqaruvchan tolalarga 
tarmoqlanadi. Muskullar fizik modelining birmuncha soddalashtirilgan 
chizmasi 10-rasmda berilgan. 
10-rasm.
Muskullarning qisqaruvchi elementi bo‘lgan, ketma-ket tarmoqlangan 
egiluvchan element – muskul paylarining kollagin tolalaridir. Muskulning 
parallel tarmoqlangan egiluvchan elementi tola ichida joylashgan 
elementlardan (sarxoplazmatik reticulum pufakchalari) birlashtiruvchi 
ingichka tolalari va muskullarni o‘rab turgan yo‘g‘on birlashtiruvchi 
sarkolemmateridan – o‘ziga xos muskul to‘qimasidan tashkil topgan.
Voleybolchi zarba tugallanishida to‘xtaganidan so‘ng unga teskari yo‘nalishda 
tezlanish berishning boshlanishi muskulning qisqaruvchi elementi va parallel 
tarmoqlangan egiluvchan muskullar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ketma-
ket tarmoqlangan muskullar, ta’kidlab o‘tilganidek, dastlab qo‘shimcha 
cho‘ziladi, so‘ng esa voleybolchini tezlashtirib qisqaradi. Bu yerda 
samaradorlikning bir muhim shartini ta’kidlash joiz. Real sharoitda hujum 
zarbasini bajarishda, siltanishda zarba beruvchi bo‘g‘in, skelet muskullari 
faollik impulsi bo‘yicha yaratilgan harakat inersiyasi kuchi bilan siljishi lozim. 
Ular, qo‘loyoqlarning teskari yo‘nalishdagi tezlanishini amalga oshiruvchi 


45 
skeletmuskullarga keraksiz qarshilik qilmaslik uchun va suyak-muskul 
birikmasidagi egiluvchan elementlar ishini to‘sib qo‘ymasligi uchun, o‘z 
vaqtida bo‘shashi lozim. Biroq, qo‘l-oyoqlarni, muskul energiyasini minimal 
yo‘qotgan holda, siltanishda to‘xtatish faqat parallel tarmoqlangan egiluvchan 
mushak ishtiroki bo‘lishi mumkin. Siltanishda qo‘l-oyoqlarni to‘xtatish 
bo‘yicha ishlarga parallel tarmoqlangan egiluvchan muskullar ham qo‘shila 
olishi uchun, muskul tolalarini bo‘sh holatda uning tinch holatda uzunligiga 
nisbatan 35% dan ortiqroq cho‘zilishi zarur. 

Download 1,36 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish