39-mavzuning nomi: “Ilm yo`li” variativ dastur 6 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan
bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash
.
Reja:
1. Elementar matematik tasavvurlarni (matematikani) rivojlantirish sohasida
maktabgacha ta`lim mazmunining asosiy yo`nalishlari.
2.Son va miqdor haqida, shakl, qiymat va uni aniqlash usullari haqida tasavvurlarni
shakllantirish
3.“Qurilish, konstruktorlik va matematika” markazi uchun o`yinlar tanlash va
o`tkazish.
341
O`tilgan mavzu
bo`yicha
tushunchalarni bayon
qilish vа uy vazifani
bajarganligi
Yangi ijоdiy
g`оyalаr
Dars jarayonida
faolligi
Bahosi (bаllаr
yig`indisi)
3(ball)
1(ball)
1(ball)
5
4-ILOVA
Fikriy hujum metodi
O’quvchilar dars jarayonida faolliklarini ta’minlash ularni erkin fikr yuritishga
undaydi.Ularni erkin fikrlashga o’rgatadi.
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik, Davlat talabalari, Ilm yoʼli, Ilk qadam, Qurish-yasash
39-Mavzu:“Ilm yo`li” variativ dastur 6 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni
maktab ta`limiga tayyorlash.
Reja:
1. Elementar matematik tasavvurlarni (matematikani) rivojlantirish sohasida
maktabgacha ta`lim mazmunining asosiy yo`nalishlari.
2.Son va miqdor haqida, shakl, qiymat va uni aniqlash usullari haqida tasavvurlarni
shakllantirish
3. “Qurilish, konstruktorlik va matematika” markazi uchun o`yinlar tanlash va
o`tkazish.
O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining tashabbusi bilan
6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta`lim-tarbiya berish va
maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo`li” variativ dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk
qadam” Davlat o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar
tayyorlash bo`yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta`limni rivojlantirish
Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo`li” variativ dasturi bolaning to`laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va
o`qishini, uning maktabda ta`lim olishga samarali tayyorlanishini ta`minlashga
qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha xalqaro tajribalarning hisobga
olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo`lib sanaladi. Mazkur dastur o`ziga xos bo`lib,
unga ko`ra, o`quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi,
uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. Dastur
idoraviy bo`ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar O`zbekiston
342
Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
qo`llanilishi mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo`lgan
umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta`lim
tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang`ich ta`lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni
amalga oshiradigan o`rta-maxsus va oliy ta`lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining
malakasini oshirish va ularni Qaytar tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi
muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta`lim tashkiloti, shu jumladan,
maktabgacha ta`limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o`z muqobil shakllarini ishlab chiqishi
mumkin.
Miqdor va sanoq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitish o`ziga
xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshidan yechilishi kerak bo`lgan
vazifalar hal qilinmasa, maktabgacha o`qitish muvaffaqiyatli bo`lmaydi. Bu
vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va
usullarga o`tishdan iborat. Bu xil o`tish saviyasi, ayniqsa, matematika o`qitish
uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo`lmasligi yoki yetarli bo`lmasligi ikki
tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar ko`pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan
holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo`ladi. Ikkinchi tomondan,
bolalar maktabda abstrakt bilimlarni egallar ekanlar, ko`pincha ularni formal, asl
mazmunini tushunib etmagan holda o`zlashtiradilar. Shuning uchun ham konsret
shart – sharoitlarda matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf
qilish juda qiyin bo`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda asbtrakt bilimlarni
egallar ekanlar, ko`pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda
o`zlashtiradilar. Shuning uchun ham konkret shart – sharoitlarda matematik
bilimlarni qo`llanish imkoniyati juda cheklangan bo`ladi. Shu sababli maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitishning muhim vazifasi matematik asbtraktlashlar
bilan konkret borliq orasidagi bog`lanishni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning
oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo`lishi kerak.Tekshirishlar shuni
ko`rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o`qitishda o`tish
saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:Birinchidan, shunday faoliyat va
masalalarni o`zlashtirish kerakki, ularda matematik operasiyalarni qo`llashning
zarurligi bolalarga yaqqol ko`rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy
faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar,
ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni
matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo`yilgan ikki
to`plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo`lmaydi.Ikkinchidan,
muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo`llanish
bolaga konkret buyumlardan matematik obektlarga o`tish (masalan, buyumlarni
343
ma`lum belgilari bo`yicha guruhga kiritish va shu asosda to`plam munosabatlarini,
tenglik – tengsizlik munosabatlarini, qism – butun munosabatlarini hosil qilish)
imkonini beradi.Tekshirish natijalari shuni ko`rsatadiki, matematik operasiyalar
maktabgacha yoshdagi o`zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida
kiritilsa va Qaytar ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo`ladi. Yo haddan
tashqari konkretlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo`ladigan
qiyinchiliklar malum holda paydo bo`lmaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitishda matematik bilimlar
tarkibini tekshirish tenglik – tengsizlik, qism – butun munosabatlari, bilvosita
tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to`liq va ongli o`zlashtirish uchun asos
bo`ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o`zidan iborat ekanini ko`rsatdi.
Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini bolalar 3 yoshdan
boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg`ulotlarga katta qiziqish bilan
yondashadilar, xuddi shu yerning o`zida o`zlashtirganlari (tenglik, qism – butun va
h.k. munosabatlari)ni o`yinlarga ko`chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda
foydalanadilar, bir – birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o`xshash
masalalarni taklif qiladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarnini
o`rganish, tekshirish asosida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish
dasturi tuzildi. Bu dastur quyidagi besh bo`limdan iborat: “Miqdor va
sanoq”,“Kattalik”, “Geometrik figuralar”, “Fazoda mo`ljal olish”, “Vaqtga
nisbatan mo`ljal olish”.
Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o`rni
«Qurish-yasash»
lotin tilidan olingan bo`lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma`lum bir
holatga keltirish, degan ma`noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish
materiallaridan, qog`ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil
o`yinchoqlar yasash o`rgatiladi. O`z xarakteriga ko`ra bolalar qurish-yasashi
ko`pincha tasviriy va o`yin faoliyati bilan o`xshashdir, bu tevarak-atrofda aks
etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan,
o`yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg`a uchun.
Qurish-yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo`lib, oldindan belgHangan, biror
maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o`rgatish jarayonida
bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi
hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko`nikmasi, mustaqil
fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat`iylik va
hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o`qishga
tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida
bolalarga qurish-yasash faoliyatini o`rgatishda qurilish materiali, konstruktor,
qog`ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi.
Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
344
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr,
prizma va hokazo) iborat. Mashg`ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda
to`plamlardan foydalaniladi. Masalan mazmunli to`plamlar: «Kosmod-rom»,
«Temir yo`l vokzali» va boshqalar. Mashg`ulot paytida materiallar
ko`p bo`lishi
kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil
etayotgan odam, hayvon; o`simlik va transportni ifodalovchi mayda o`yinchoqlarni
tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha
tarbiya
yoshidagi
bolalar
tevarak-atrofdagi
ayrim
narsalarni, ya`ni quyon uchun uy, mashinalar va yo`lovchilar uchun
ko`prik
yasaydilar.
O`yinchoqlarni
qurish-yasashda
ishlatish
kichik
ahamiyatga ega, o`yin faoliyatining rivojlanishiga kichik ta`sir ko`rsatadi.
Qurilish
materiallari
ma`lum
bir
javonlarda,
tartib
bilan
saqlanadi.
Konstruktorlar. Kichik
maktabgacha
yoshdagi
bolalar
mashg`ulot-
dan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metal va keramika)
foydalanadilar.
Bu
to`plamlar
orqali
turli
konstruksiyalar
yasash
mumkin.
Tarbiyachi
rahbarligida
bolalar
oddiy
birlashtirish
usulidan
suratlar bo`yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy
diqqat
bolalarda
ma`lum
qismlarini
birlashtirish
malakalarini
shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo`llarining muskullari ishtirok
etadi, bu yoshda qo`l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Tarbiyachi
avval
konstruktor
yig`ishning
metodik
ko`rsatmalarini
o`rganadi. Tarbiyachi
rahbarligida qurilish
materiali
va konstruktorlar
bolalarga ketma-ket beriladi.
Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan
foydalanadilar, ya`ni tarbiyachining topshirigi bo`yicha bola o`z tasavvuriga
tayangan holda rasm, foto-rasmlardan foydalanadi. Ko`pgina qurilma mavzusi
beriladi. Kichik guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir.
Na`munalar ko`pincha rasm, foto-rasm bo`lib, bu rasmda bolalarning
ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalari aks etgan bo`ladi.
Ba`zida tarbiyachining o`zi yasagan narsani na`muna sifatida ko`rsatish mumkin.
Tayyorlov guruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash
obyektlari haqida tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat bolalarning
keyingi mashg`ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. Shahar bo`ylab
ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko`chalarning tuzilishiga,
binolarning chiroyli qurilganligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan biror bir
maydonning fazoviy joylashishini, binolarni tahlil qiladi. Mashg`ulotda esa
topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi.
Mashg`ulotning boshida o`tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini
faollashtiradi. Ko`prik qurayotganida tarbiyachi bolalarga eslatib o`tadi:
ko`priklar har xil bo`ladi. Yo`lovchilar uchun va transport uchun ko`priklar.
Mashg`ulotning boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suhbat o`tkazib, binoning
asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakl, fazoviy
joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa mashg`ulot bo`lsa, tarbiyachi bolalardan
345
o`ylagan qurilmalari, uning nima uchun qo`llanishi, tanlangan materiallar haqida
gapirib berishni talab qiladi.
Rasm.
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
40-Mavzu : Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirish MTT va oilaning aloqasi
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Bolalarning matematik bilimlarini
rivojlantirishda MTT va oilaning aloqasi.
2.Bolalarni
aqliy
rivojlanishida
son-sanoq
346
mashg`ulotlarini tashkil etish va o`lchash bilan
tanishtirishning ahamiyati.
3.Bolalarni butun buyumni bir necha teng qismga
bo`lishga o`rgatish.
O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning matematik
tasavvurlarini shakllantirish MTT va oilaning aloqasi mavzusi yuzasidan to`liq
tasavvurlarini shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Pedagogik vazifalar:
-
Bolalarning matematik
bilimlarini rivojlantirishda MTT
va oilaning aloqasini
tushuntirish;
- Bolalarni aqliy rivojlanishida
son-sanoq mashg`ulotlarini
tashkil etish va o`lchash bilan
tanishtirishning ahamiyatini
ko`rsata olish;
-
Bolalarni butun buyumni
bir necha teng qismga bo`lishga
o`rgatishni tasniflash;
O`quv faoliyati natijalari
-
Bolalarning
matematik
bilimlarini
rivojlantirishda MTT va oilaning aloqasini
izohlaydi;
-
Bolalarni aqliy rivojlanishida son-sanoq
mashg`ulotlarini tashkil etish va o`lchash bilan
tanishtirishning ahamiyatini aytib beradi.
-
Bolalarni butun buyumni bir necha teng
qismga bo`lishga o`rgatishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
Aqliy xujum
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
|