Yuqoridagi ma‟lumotlardan ko'rinib turibdiki, agar sizot suvlari
1
m. gacha boMgan chuqurlikda joylashsa, sug'orish me‟yorini yarimida ko'p qismini
g'o'za sizot suvlaridan o'zlashtirar ekan. Shuning uchun sizot suvlari sayoz joylashgan
tuproqlarda sug'orish bo'yicha dala tajribasi o'tkazishda, sug'orish me‟yorini aniqlashda
yuqoridagi qonuniyatga ham amal qilinsa maqsadga muvofiq boMadi. Agar sizot suv
chuqurligi 1 m. gacha chuqurlikda joylashsa sug'orish me‟yori 1200 m
3
. ga bo'lsa, u
holda
0,
4 koeffitsientga ko'paytirilib, haqiqiy shu sharoitga mos boMgan sug'orish
me‟yori aniqlanadi. 1200 x 0,4 = 480 m. ga
Tajriba o„tkaziladigan yerdagi ob-havo va tuproq sharoitlarini bilgan xolda
sug'orishning asosiy sxemasi tanlab olinadi va bu esa solishtiriladigan (nazorat)
sxemasi hisoblanadi.
0„rganish uchun olingan vazifaning qanday ekanligiga qarab suvni taqsimlash
muddatini turlicha qilib o'zgartirish yoki sug„orishning turli tizimini solishtirib
o„rganish mumkin.
G'o'zaning o'suv davri davomida suvga bo„lgan talabini hisobga olib, uchta
davrga bo„lib o„rganiladi.
1.
Gullashga qadar sug'orish.
2.
Gullash - meva tugish davrida sug'orish.
3.
Pishish davrida sug'orish
G‟o‟za gullashga qadar ikki marta sug'oriladigan bo'lsa, bunday hollarda
shonalashdan ilgari 3-5 ta chingbarg chiqargan davrda yoki shonalash boshlanganda
bir marta sug'oriladi.
Agar g'o'zalar gullashga qadar uch marta sug'oriladigan bo'lsa, (engil tuproqli va
shag'alli tuproqlarda) bunday holda birinchi suvni 2-3 ta barg chiqarganda, ikkinchi
suvni 15-20 kundan keyin shonalash boshlanganda, uchinchi suvni esa gullashdan 10-
12 kun ilgari beriladi.
Sug'orishning umumiy sonidan qat‟iy nazar, turli xil variantda sug'orishni bir
muddatda o'tkazish yaxshi natija beradi. Navbatdagi suvni esa ma‟lum davr
mobaynida berilib, iyul oxiri avgust boshiga qadar oz- ozdan berilib turiladi. Bundan
so'ng tez-tez suv qo'yiladi. So'ngi martadagi sug'orishni esa turli variantlarda bir
vaqtning o'zida o'tkazilsa yanada yaxshi hisoblanadi.
G'o'zalar yetilgan vaqtda bir marta sug'oriladigan bo'lsa, u suvni g'o'za yalpi
ochilganda (50% beriladi) 2 marta sug'oriladigan bo'lsa, dastlabki birinchi suvni
yetilishi boshlanganda, 2-suvni esa 1-terimdan keyin beriladi. Paxta yetilgan vaqtdagi