6 1
qatlami asos qilib olinadi.
Tuproq tarkibidagi namlik yetishmagan vaktlarda sug'orish normasini xisobga
olish uchun dastlab bir metr qatlamdagi suv j jamgarmasini hisobga olib shu ma‟lumot
asosida kerakli qatlamdagi I namlik miqdori hisoblab chiqiladi.
Tuproqlarni o'z tarkibida suvni ushlab qolish qobiliyati uning dala nam sig'imi,
deb hisoblanib bu ko'rsatkich tuproqning tipiga, mexanik tarkibiga va tarkibidagi
chirindi miqdoriga hamda sizot suv chuqurligiga ham bog'liq. Sug'orish me‟yorini
hisoblab chiqishda shu dala nam sigimi, tuproqning sug'orishdan oldingi namlik
miqdori asosiy ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi.
Dala nam sig'imida 0-100 sm li qatlamdagi jamg'armasi gektariga 3460 kub
metmi tashkil etsa, shu qatlamdagi suv miqdori esa har gektariga 2700 kub metrga
teng bo'lsa, u holda dala nam sig'imiga nisbatan namlik miqdori 80 % ga teng bo'ladi.
Sug'orish bilan bog'liq bo'lgan dala tajribalarida sug'orish normasini va
muddatini belgilashda o'rganilayotgan o'simlik uchun sug'orish rejimi belgilanib
chiqiladi. Shu sug'orish rejimiga mos holatda tuproq tarkibidagi namlik miqdoriga
qarab sug'orish zarur yoki zarur emasligi aniqlanadi.
Dala nam sig'imi o'rganilayotgan tuproq uchun 25% ga teng bo'lsa ; va sug'orish
rejimi 65-70-60% bo'lganda. sug'orish me‟yorini belgilash uchun tuproqdan namuna
olinib, namlik miqdori aniqlanadi. G'o'za gullaguncha tuproq tarkibidagi namlik
miqdori 13% ga teng bo'lsa, u ! holda sug'orish kerakmi yoki yo'qligi va shu bilan
birga sug'orish me‟yori aniqlanadi.
Dala nam sig'imiga nisbatan aniqlangan namlik miqdori (52%) 65% dan kichik
bo'lganligi uchun demak o'simlik sug'oriladigan ekan. Mavjud bo'lgan tuproq
namligida bir marotaba sug'orish uchun talab qilinadigan suv miqdori yoki sug'orish
me‟yori quyidagicha aniqlanadi:
25- 100%