19
1.2Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda
jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy
yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini
o‘sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini
bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi,
umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini
egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik
tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani
har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning
faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari
yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist
tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga
respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan
respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan
chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub
islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda
oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va
qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har
tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan
yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni
tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish,
ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi.
20
Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim
maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar
bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga
oshirishning garovidir.
|