Bunga quyidagilar kiradi:
• Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
• Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
• Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos
keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
• Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
• Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib
toptirish.
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin
tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash
ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik
munosabati bilan va tarbiyachilarning ma’naviy o‘sishlariga va moddiy ahamiyat
berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktabrni murabbiylar kuni deb
nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarining maoshlari oshirilib, turmushlari
yaxshilanib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining “Buyuk
kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday yozadi: “Tarbiyachi
— ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng
avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini
shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning
shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra
tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi
mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna
bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy
21
xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi,
bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida
yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Demak, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish
respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash
ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning
ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘likdir. Bolani tarbiyalash
nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga
jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim
tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi
o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida
yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar
zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil
etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston
Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.
Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida (1997 yil
29 avgust) so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildiradi, ularga, albatta, diqqatni
qaratish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish,
ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga
duch kelmoqdamiz... tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun
avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd
etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan
talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus
pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli
shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi
fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi
bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak.
22
Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya
fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli
foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi
yuksak
darajadagi
pedagogik
mahoratga,
chunonchi
kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq
va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur
o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti-
harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay
oladigan bo‘lishi kerak.
|