28
kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining
ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini
yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni
ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;
kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga
ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka
darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon
qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or
texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan
foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik
jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror
qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi
tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash –
pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini
rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.