• “Pedagogika”
  • Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/12
    Sana06.02.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #151914
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Rahimova Navbahor (3) 1

    Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun 
    tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi 
    xususiyatlarda aks ettira olishi kerak. 
    • Nutqning aniqligi.
    • Nutqning irodaviyligi.
    • Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda 
    ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), 
    varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos 
    so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda 
    qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda 
    rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, 
    ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.
     
     
     
     
     
     


    23 
    II BOB TARBIYANING KASBIY QO’LLASH VA BOLALAR. 
    2.1Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi tugrisidagi fikrlari 
    Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida 
    shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy 
    bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi.
    Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari 
    to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan 
    bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi.
    “Pedagogika” so‘zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bolashunoslik” 
    yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi.
    Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384322y) 
    Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va 
    siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sotsial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) 
    asarlarida namoyon etila boshladi.
    Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z 
    davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga 
    o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta 
    risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy 
    asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, 
    R.OUEN (17711-1858), A.N.Radishev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen,
    I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p yordam 
    qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa 
    qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib 
    turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart bo‘lib 
    hisoblanadi.
    Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning 
    yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning 
    tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda 
    ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi 
    rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.


    24 
    Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari 
    tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. 
    Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada 
    takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
    “Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” 
    degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini 
    to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz.
    Bulardan tashqari “o‘quvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, 
    “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida 
    mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya 
    tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - 
    dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos 
    bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
    Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o‘zi hohlagan sifatlarini 
    tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra 
    tizimli ta’sir ko‘rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, umrining 
    oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda 
    ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.
    Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib 
    o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom- al-Buxoriy, 
    Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin 
    Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, 
    Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo‘ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk 
    ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy 
    ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega 
    ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. 
    Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy 
    Guliston yoxud ahloq”, Imom - al Buxoriyning “As saxix” hadislar to‘plami kabi 
    ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz 
    tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi 


    25 
    namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy 
    barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar 
    o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab 
    voyaga yetkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan 
    milliy qadriyatlarimiz har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday 
    qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir.
    Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan 
    chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy 
    qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan 
    ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib 
    kelgan. Shunday ekan, biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni 
    to‘g‘ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak 
    tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni va 
    isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi harkatlarni hamda 
    behuda qon to‘kilishiga qarshi g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan.
    O‘zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar 
    shakllangan: parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta 
    tarbiyalash, nasihat qilish, o‘qitish, ta’lim berish, o‘rgatish.
    Forobiyning fikricha, insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l-ta’lim va tarbiya 
    orqali hosil qilinadi: “Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma 
    fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini 
    birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan 
    amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi...”. Demak, 
    Forobiy ta’lim-tarbiyani o‘zviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa 
    ham, har birining insonni kamolga yetkazishida o‘z o‘rni va xususiyati borligini 
    alohida ta’kidlaydi.
    Xalq pedagogikasi tarbiyaning ko‘p omillaridan foydalanishi bilan (tabiat, 
    mehnat, turmush, odat, san’at, din, ona tili), uslublar katta boyligi bilan 
    (ishontirish, misol, talab, buyruq, tushuntirish, rivoyat, o‘rganish va mashq, istak 
    va farovonlik, afsun, qasamyod, iltimos, maslahat, ishora, ma’qullash, gina, 


    26 
    ko‘ndirish, taqiqlash, po‘pisa va hokazo) va tarbiya vositalari (o‘yin, sanoqlar, 
    topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlar, ertak va afsonalar, rivoyatlar) bilan kuchli. 
    Xalq pedagogika xazinasi tarbiyani xalq turmushi bilan g‘oyaviy bog‘lanishini 
    mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Bu xazinalar ijodiy yondashganda yosh 
    avlodni tarbiyalashda katta samara berdi.
    Xalq pedagogikasining turli vositalari katta o‘zgarishlarga uchradi. Bu 
    o‘zgarishlar tarbiyaga ham salbiy ta’sir etdi. Bugun mustaqillik davrida istiqlol 
    g‘oyalari ruhida qadimgi xalq an’anasini tiklash, ta’minlash tarbiyada boy rang-
    barang xalq pedagogikasidan foydalanish davri keldi. Zamonaviy tarbiya ishida 
    o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan xalq pedagogikasining g‘oyaviy xazinasi va 
    buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi 
    janrlar mustaqillik davrida yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

    Download 1,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun

    Download 1,79 Mb.
    Pdf ko'rish