27
2.2Tarbiyachi kompetensiyasi
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida
kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy
vaziyatlar, kutilmagan
hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan
o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda,
ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va
murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan
kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va
ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish
ko‘nikma,
malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga
kirisha olish.
Maxsus
kompetentlik–kasbiy-pedagogik
faoliyatni
tashkil
etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish,
faoliyati natijalarini
real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni
yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy
muloqotni
tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay
olish va bartaraf eta olish;