29
Pedagogning mutaxassis sifatida:
• aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
• -pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
• -izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
• -ilg‘or
texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
• -faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
• kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
• ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish,
bartaraf etish choralarini
izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali
yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi
modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir.
Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini
tahlil qila olishi
ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy
faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir.
O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida
ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi
baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi.
O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini
hisob-kitob qilish,
o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash
shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur.
O‘z-o‘zini
baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har
qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay
olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.