Toshkent amaliy fanlar universiteti




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana06.02.2024
Hajmi1,79 Mb.
#151914
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Rahimova Navbahor (3) 1

 
Xulosa 
 
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek 
muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy 
etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z 
mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z 
mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam 
beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini 
bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, 
umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini 
egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. SHuningdek, pedagogik 
tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har 
tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. 
Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini 
yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari etaklashdagi 
erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va 
boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika 
miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, 
tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni 
bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda 
Maktabgacha ta;lim tashkilotida, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy 
o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, 
ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta 
egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar 
bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon 
madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy 
sog‘lom ma’naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga 
molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda 
xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar Maktabgacha ta;lim 
tashkilotilari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va 
nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan 
talablarni amalga oshirishning garovidir. 
Xulosa qilib aytganda, yaqin o‘tkan yillarda zamonaviy innovatsion
texnologiyasi dominant pozitsiyani egallash maktabgacha ta’limda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi. Tarbiyachilar, 


31 
kompyuterlar savodxonligini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan, bolalar uchun keng 
imkoniyatlarni ochishi mumkin va bu faqat taqdimotlar va o‘qitish roliklarini 
namoyish etish bilan cheklanmaydi. Mahalliy rivojlanayotgan dasturlarning ulkan 
tanlov sharoitida ota-onalar yoshga to‘liq javob beradigan narsalarni tanlash juda 
qiyin va ta’lim ehtiyojlari ta’minlanadi. Umumiy fikrni olish bu masala faoliyat 
uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon beradi yoshni rivojlantirish bolalar, bilan 
samarali hamkorlikni barpo etish uchun zaruriy narsalarni yaratadilar, ota-onalarning 
nazarida tarbiyachining nufuzini oshiradi. Pedagogik ta’limning asosiy maqsadi ham 
shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoiy rivojlanishini ta’minlash, uning 
ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqarish, unda insonparvarlik 
munosabatlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iboratdir. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, uning 
mazmunini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim jarayonini 
ijtimoiylashtirish va differentsiatsiyalash shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga 
oshirishda muhim hiloblanadi. Shaxs individ – shaxs – inson tizimida o‘z 
dunyoqarashi, nuqtai nazariga ega bo‘lish, o‘z haq-huquqini hurmat qilishga 
o‘rganish, shaxslik xislatlarini tushunish, shuningdek, o‘z bilim, qobiliyat va 
ko‘nikmalarini namoyon etib, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. 
Insonda yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlar rivojlanib, uning ijtimoiy voqelikka, 
mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘lgan munosabati muayyan bosqichga 
yetgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko‘tariladi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, 
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni 
maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon 
amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini 
joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar 
qo‘yildi.Ilg‘or xorijiy tajribalarni amalda keng joriy etish orqali ko‘plab natijalarga 
erishish mumkin bo‘ldi. 
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’lim 
yo‘nalaishidagi olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahili shuni ko‘rsatadiki, 
ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta’lim tizmini to‘la boshqarish 
tizmlarini boshqarish, tizmlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish davlat ta’lim 


32 
siyosati qilib belgilanib kelinmoqda. Ta’lim sifatining birinchi o‘rindaligi, ta’lim 
tizmida olib borilayotgan siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta’lim 
tashkilotidan boshlab, ta’lim tizminig barcha bosqichlarida boshqaruvning foydali 
mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb bo‘lib kelmoqda. Bunda 
maktabgacha ta’lim tizmining o‘rni o‘zgacha bo‘lib, sifat darajasini ko‘tarish, 
salohiyatini oshirish boshqa sohalar kabi ko‘plab yutuqlarga erishish lozim bo‘ladi 

Download 1,79 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish