To‘plamlar va ularning elementlari




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana18.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#242936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Diskret tuzilmalar Mustaqil ish Yusupov Husniddin

To‘plamlar va ularning elementlari 
 
To‘plam 
tushunchasi. 
To‘plam 
tushunchasi 
matematikaning 
asosiy 
tushunchalaridan biri bo‘lib, u ta’riflanmaydi va u haqida misollar yordamida tasavvur 
hosil qilinadi. To‘plam deganda predmetlar yoki ob’yektlarni biror xossasiga ko‘ra 
birgalikda qarash tushuniladi. 
Masalan, barcha natural sonlar to‘plami, bir talabalar uyida yashovchi talabalar 
to‘plami, to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plami, maktabdagi o‘quvchilar to‘plami va h.k. 
Hayotda to‘plamlar alohida nomlanadi: auditoriyadagi talaba- lar to‘plami – guruh, 
harflar to‘plami – alfavit, qushlar to‘plami – gala, qo‘ylar to‘plami – poda va h. k. 
1-
 
ta’rif: 
To‘plamni tashkil etuvchi ob’yektlar – bu to‘plamning elementlari deb 
ataladi. 
Masalan, yuqoridagi misollardagi natural sonlar, o‘quvchilar, talabalar, nuqtalar 
mos to‘plamlarining elementlari hisoblanadi. 
To‘plamlar odatda, lotin alfavitining bosh harflari bilan, ular- ning elementlari esa 
alfavitning kichik harflari bilan belgilanadi. A to‘plam a, b, c, d, e, f elementlaridan 
tuzilganligi A={a, b, c, d, e, f} ko‘rinishda yoziladi. 
To‘plam bir qancha elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, quyidagi yozuv: a

A, a 
elementning A to‘plamga tegishliligini bildiradi. 
Agar a

A bo‘lsa, u holda «a element A to‘plamga tegishli», 
«a element A to‘plamning elementi», «a element A to‘plamda mavjud» yoki «a 
element A to‘plamga kiradi» deb o‘qiladi. a

A yoki a

A yozuv esa a elementni A 
to‘plamga tegishli emasligini bildiradi. 
Masalan, A – juft natural sonlar to‘plami bo‘lsin, u holda 2

A, 5

A, 628

A va 
729

A bo‘ladi. 
2-
 
ta’rif. 
To‘plamning elementlari soniga to‘plam quvvati deyiladi va n(A) kabi 
belgilanadi. 
Masalan, A={a,b,c,d,e,f,g} to‘plamning quvvati n(A)=7ga, B={a}to‘plamning 
quvvati n(B) = 1 ga, C={b,d,f} to‘plamning quvvati n(C)=3 ga, D={a,g} to‘plamning 
quvvati n(D)=2 ga teng. 

Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish