3- ta’rif. Quvvatlari teng bo‘lgan to‘plamlar teng quvvatli to‘plamlar deyiladi.
Masalan, A={a,b,c} va C={b,d,f} to‘plamlar teng quvvatli. n(A) = n(C) = 3.
To‘plamlarning berilish usullari. Agar har bir elementning ma’lum bir to‘plamga
tegishli yoki tegishli emasligi bir qiymatli aniqlangan bo‘lsa, to‘plam berildi deyiladi.
Sonli to‘plamlar uchun xarakteristik xossani formula bilan berish qulay. Bu holda,
odatda, katta qavslar ichiga to‘plam elementi belgisi, vertikal chiziq va undan keyin
to‘plam elementiga tegishli xossa yoziladi. Masalan: «M ‒ 6 sonidan kichik bo‘lgan
natural sonlar» to‘plami bo‘lsin. Bu to‘plam xarakteristik xossasi orqali M={n |n
N va
n < 6} ko‘rinishda ifodalanadi. Shunga o‘xshash: C={c|c<9, C
N}. «C‒9 sonidan katta
bo‘lmagan natural sonlar» to‘plami.
X={x|x
2
-4=0, x
R} bo‘lsa, X‒x
2
-4=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari to‘plami
bo‘ladi.
Y={y|-2≤y≤6, y
R} bo‘lsa, Y‒ -2 dan 6 gacha bo‘lgan butun sonlar to‘plami
hisoblanadi. Ba'zi bir sonli to‘plamlar uchun maxsus bеlgilar kiritilgan: N-natural sonlar
to‘plami, Z–butun sonlar to‘plami, N
0
–butun nomanfiy sonlar to‘plami, Q–ratsional
sonlar to‘plami, R–haqiqiy sonlar to‘plami.
To‘plam turlari. To‘plamlar ularni tashkil etuvchi elementlari soniga ko‘ra 3 turda
bo‘ladi:
4- ta’rif: Birorta ham elementi bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va Ø
ko‘rinishda belgilanadi. Bo‘sh to‘plamning quvvati n(Ø)=0 ga teng.
Masalan, x
2
+4=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari to‘plami, oydagi daraxtlar to‘plami,
dengiz tubidagi quruq toshlar to‘plami bo‘sh to‘plamlardir.
5-