|
Ekin o’stiriladigan inshootlarda yorug’likni yaxshilash uslublari
|
bet | 16/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaEkin o’stiriladigan inshootlarda yorug’likni yaxshilash uslublari. Himoyalangan yerlarda yoritilganlik ular ichiga kiradigan quyosh radiatsiyaga bog’liq. Uni inshootlarni ichiga kirishi inshootlarni joylashgan o’rni, konstruktsiyasi, to’siqlarni yorug’lik o’tkazuvchanligi va boshqa omillarga bog’liq.
Zamonaviy issiqxonalarda bulutli kunlarda yoritilganlik darajasi tashqaridagiga qaraganda 40-50%ni tashkil qiladi. U (shprosslar) bag’azlarni orasidagi masofalarni tor bo’lishi, yopishqoq surgichlarni(zamazkalarni) qalin qoplash, ifloslanishi tiniq qoplagichlarni yutishi hisobiga kamayadi.
Himoyalangan yer sabzavotchiligida tabiiy yorug’likdan foydalanishni va FFR ni tutishini yaxshilaydigan turli usullardan foydalaniladi. Yoritilganlik darajasini 1% ga yaxshilash hosildorlikni 1% ga oshirish mumkin.
Inshootlarni qurishga ajratiladigan maydonini to’g’ri tanlash kunduzgi yorug’likdan yaxshiroq foydalanishni ta’minlashi mumkin. Yaxshiroq yoritish uchun maydon janub, janubiy-sharq yoki janubiy-g’arb tomonlarga sal nishabli bo’lishi va soya beruvchi qurilish (imorat) va daraxtlardan holi bo’lishi kerak. Zamonaviy issiqxonalarda yoritilganlik tashqariga nisbatan 40-50% ni tashkil qiladi. Yorug’likni tiniqliligi qoplagichlarni optik xususiyatlariga, uni ifloslanishiga, to’siqlarda yorug’likni o’tkazmaydigan elementlarni nisbiy vazniga, tomni konfiguratsiyasiga (shakli) va nishablarni yorug’lik tomonga yo’nalishiga bog’liq. Tomning eng yaxshi konfiguratsiyasi (shakli) 30-45° burchakli (sferik) aylana shaklidagi nishab hisoblanadi. Nishabi bir tomonlama inshootlarni g’arbdan sharqqa, ikki nishablilarni shimoldan janubga qaratib joylashtirish yaxshiroqdir.
Yorug’lik o’tkazuvchan tiniq to’siq sifatida oyna va polimer materiallardan foydalaniladi. Ko’pchilik polimer materiallar ko’rinadigan spektr qismini o’tkazuvchanligi bo’yicha oynadan qolishmaydi. Ularni ultrabinafsha, infraqizil nurlarni o’tkazuvchanligi oynaga nisbatan, hatto yuqori. Foydalanish jarayonida polimer plyonkalar eskiradi, chang bilan qoplanadi, ularda nam kondensat (shudring) paydo bo’ladi. SHu bois ularni yorug’lik o’tkazuvchanligi kamayadi. Polietilen plyonkani tiniqliligi ikki oydan so’ng 78-85% dan 64-67% ga va poliamid plyonkaniki esa 85 dan 80% gacha pasayadi.
Inshoot ichiga quyosh radiatsiyasini kirishini kamayishi ulardagi tiniq bo’lmagan elementlarni soniga bog’liq. Oyna o’rniga yengil polimer plyonkalardan foydalanish tiniq bo’lmagan qismlarining ulushini kamaytiradi. Tiniqmas (yorug’lik o’tkazmaydigan) elementlar oq va kumush rangga bo’yaladi.
Ifloslangan oynalar yorug’likni 50% va undan ortiq kamaytiradi. Ifloslanishiga qarshi uni oldini olish choralari ko’riladi. Ularni yomg’irlatib yoki shlanglar yordamida, maxsus yuvgich vositalaridan foydalanib tozalanadi.
O’simliklarni qoplamalarga yaqinlashtiruvchi so’kchakchalarda (stelajlarda) tik bag’azda yetishtirish, maqbul oziqlanish maydoni berish, egatlarni yo’nalishini shimoldan janubga qaratib olish o’simliklarga yorug’likni tushishini yaxshilashga imkon beradi.
SHimoliy davlatlarda yorug’likni yaxshilash va yorug’ kunni uzaytirish uchun qishki davrda qo’shimcha elektryoritgichlar va elektr yorug’ligidagi ekinlar (elektrosvetokultura) qo’llaniladi. Elektr yordamida yoritish – bu kunduzgiga yaqin qo’shimcha elektr yorug’ligida o’sadigan o’simliklar; (elekstrosvetokultura) elektr yorug’likdagi ekinlar – bu faqat elektr yordamida yorug’lik berilib o’stiriladagan ekinlar.
Elektr yorug’ligidagi ekinlar katta elektroenergiya harajatlarini talab qiladi va uni faqat maxsus jihozlangan issiqxonalarda qo’llash mumkin. Bunda ko’chat bilan ekilgan katta yoshli o’simliklarni yetishtirish davomiyligi bodringda – 60-70 kunni, pomidorda – 70-100 kunni, sutka davomida yorug’lik berish soni 12-14 va 14-16 soatni, lampalarni nisbiy quvvati 1 m2 ga 600-700 va 800-900 Vt ni tashkil qiladi. SHu bois (elektrosvetokultura) faqat elektr yordamidagi yorug’likda o’stiriladiagan ekinlar chegaralangan darajada qo’llaniladi.
Elektr bilan qo’shimcha yorug’lik berish shimoliy tumanlarda, ayniqsa ko’chatlarni yetishtirishda keng qo’llaniladi. Qo’shimcha yorug’lik berish uchun kunduzgi yorug’likka yaqin quvvati 15 dan 100 Vt gacha bo’lgan LD i LDI lyuminestsent lampalardan foydalanish yaxshiroq.
O’zbekistonda ko’chatlarni yetishtirishda qo’shimcha yorug’likni tabiiy yorug’lik yetishmayotgan davrlarda qo’llash samaralidir. Janubiy mintaqalarda qo’shimcha yorug’lik berish kam samarali ekanligi sababli issiqxonalar ular bilan jihozlanmaydi.
O’zbekistonda bahor oxirida quyosh yorug’ligini juda oshib ketishiga, to’g’rirog’i yuqori uzun to’lqinli radiatsiya tufayli ekin o’stiriladigan xonalarni qizib ketishiga to’g’ri keladi. Bu qizib ketishni hech qanday shamollatish ham yo’qataolmaydi, uni birdan-bir yo’li xonaning ichiga kiradigan radiatsiyani kamaytirishdir. Uni qoplamalarni yig’ma chodirlar bilan ekranlatish, bordonlar yopish, jalyuzalarni qo’llash hisobiga erishiladi. Ammo bu FFR ni kirishini sezilarli kamaytiradi.
Undan tashqari, bu materiallar nurlarni ayrim qismini o’ziga yutadi, qiziydi va issiqlikni oynaga beradi. Qizib ketishga qarshi issiqxonalarnisarrovi bo’ylab joylashgan forsunkalar orqali qoplamalarni 10% li bo’rning suvli aralashmasi (suspenziyasi) bilan oqlash yo’li keng qo’llaniladi. Qoplama yuzini yupqa suv qatlami bilan qoplash ham samaralidir. Issiqxona sarrovida joylashgan teshikli (perfalashtirilgan) yo’naltiruvchi trubalardan keladigan sovuq suv yupqa qalinlikda (0,1-0,2 mm) qoplama nishabi bo’ylab oqib, suv filtirli pardani hosil qiladi, bu issiqxona ichiga kiradigan quyosh radiatsiyasini 15-20% ga kamaytiradi. Qoplamalar ustidan yomg’irlatib suv sochish ham quyosh radiatsiyasini ichkariga kirishini sezilarli kamaytiradi.
|
| |