• Tayanch iboralar
  • -mavzu: Himoyalangan yerlarda o’simliklarni mineral oziqlantirish hususiyatlari




    Download 16,04 Mb.
    bet17/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    7-mavzu: Himoyalangan yerlarda o’simliklarni mineral oziqlantirish hususiyatlari.


    Reja:

    1. Mineral oziqlantirishning xususiyatlari

    2. Issiqxonalarda tuproq aralashmasini qo’llash

    3. Tuproq aralashmalarida sabzavotlar yetishtirishda o’g’itlarni qo’llash


    Tayanch iboralar: Himoyalangan yer inshoatlar tushunchasi, ilitilgan yer, parniklar, issiqxona, gidroponika, aeroponika tuproqsiz muhit.




    7.1. Mineral oziqlantirishning xususiyatlari
    Issiqxonalarda o’simliklarni ildizi orqali oziqlantirish sharoitlari. Issiqxonalarda har bir metr kvadrat maydon jadal foydalaniladi. Bir maydonda 3-4 xil ekin yetishtirish mumkin. Himoyalangan yer sabzavotlari, ochiq yerda o’sayotganlarga nisbatan 2-10 barabar ko’p oziqa moddani oladi va nihoyatda yuqori hosil shakllantiradi. Bodring 10 kg hosili va vegetativ massasi bilan tuproqdan 14,2-28,5 g azot, 9,2-11,5 g fosfor va 27,7-58 g kaliyni, pomidor esa tegishlicha 32,7, 14,6 va 69,6 g ni olib chiqadi. Bu yerda ildiz joylashadigan muhit hajmi kam bo’lib, 30 sm dan oshmaydi, bu ildizni rivojlanishini susaytiradi. Bularni barchasi tuproq tarkibida mineral oziq moddalarni ko’p bo’lishini taqozo etadi. Himoyalangan yerda ildiz joylashgan muhit tabiiy holdagidan keskin farq qiladi. Ular turli xildagi organik va anorganik aralashmalardan (komponentlardan) tuziladi va issiqxona tuprog’i, substratlar deb nomlanadi.
    Mineral oziqlantirish tashkil etilayotganda himoyalangan yerning o’ziga xos mavjud sharoiti hisobga olinishi kerak. Bu yer tuprog’i, juda jadal foydalaniladi, chunki ishlatilish davrida 3-5 ekin yetishtiriladi. Ekinlarni tez-tez va to’yintirib sug’orish natijasida tuproq tarkibidagi oson eruvchi moddalar yuvilib ketadi.
    Issiqxona tuprog’idan foydalanishni hozirgi davrdagi yo’nalishi ularni almashtirmasdan surunkali foydalanishdir. Ammo, bu ikki sharoitda: issiqxona tuprog’ini har yili parlab zararsizlantirish (dezinfektsiya qilish) va ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini qo’llab undan surunkali foydalanish mumkin. Tuproqdan uzluksiz foydalanish natijasida u zichlashadi, suv-fizik xususiyatlari yomonlashadi. O’g’itlarni ortiqcha berish natijasida tuproq tarkibida qoldiq (ballast) moddalar ko’payib uni sekin-asta sho’rlantiraboshlaydi. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi tuproq sterilizatsiyalanganida tarkibidagi mikroflora o’zgarib, strukturasi yomonlashadi, nam sig’imi pasayib, tuzga to’yinishi ko’payadi. Himoyalangan yer sharoitida o’simliklarni kaliy va kaltsiyga talabi ortadi.
    O’simliklarga mineral moddalarni jadal o’zlashtirishiga: yorug’lik, harorat, havoning nisbiy namligi, ildiz joylashgan yerda havo aeratsiyasi, tuproq muhiti reaktsiyasi, tuproq eritmasi kontsentratsiyasi, tuproqdagi toksik (zaharli) moddalarning mavjudligi, ildiz tizimini rivojlanganligi va boshqa omillarning ta’sir etishlarini unutmaslik zarur.
    Pomidor qish faslida yorug’lik kam bo’lsa kaliyni, u yuqori bo’lib, vegetativ massasi jadal o’sayotgan hamda mevalar tugayotgan davrda esa azotni ko’p o’zlashtiradi. SHuning uchun N:K nisbati o’zgartiriladi va qishda 1:3, yozda esa 1:1 me’yorda beriladi. Bodring uchun ildizi joylashgan muhit harorati 20-25°S, boshqa issiqxona ekinlari uchun esa 17-20°S bo’lishi eng qulay hisoblanadi. U hosilga kirguncha pastroq, hosili shakllanayotgan davrda esa yuqori bo’lishi kerak. Harorat pasaysa oziq moddalarni, xususan fosforni o’zlashtirish kamayadi. Tuproq harorati (18°S dan 12°S atrofigacha) har 2°S cha pasayganda pomidor fosforni o’zlashtirishi oldingi ko’rsatkichiga nisbatan 50 foizga pasaytiradi. Pomidor va bodring ildiz tizimi 10-12°S da ishlamaydi va o’simlikka oziqa elementlari yetib bormaydi. Havoning nisbiy namligi o’simlikka kaltsiyni singib kirishiga ta’sir etadi. Havoning nisbiy namligini kamayishi transpiratsiya va ildiz bosimini kuchaytiradi, bu kaltsiyni so’rilishini yaxshilaydi va pomidorni uchidan chirish kasalligini kamaytiradi. Transpiratsiya va ildiz tizimi orqali oziq moddalarni o’zlashtirishida o’zaro monalik mavjud, ammo bu bog’liqlik bevosita emas. Ionlarni o’simlik tomonidan yutilishi – faolli va tanlovli jarayondir. Ionlarni tanlab yutish xususiyati bo’yicha nafaqat o’simlik turlari, balki bir turga mansub navlar ham biri ikkinchisidan farqlanadi. Suv va oziq moddalarning me’yorida singishi uchun tuproqdagi kislorod miqdori 15 foizdan kam bo’lmasligi va qattiq, suyuq hamda gazsimon zarrachalar 1:1:1 nisbatda bo’lishi kerak.
    O’simliklar tomonidan azotni o’zlashtirilishi uchun tuproq muhiti reaktsiyasi (pH) 5-6 ni (nitratli uchun – 5 va ammiakli uchun – 7), 6,25-7 esa fosforni, 6-8,5 kaliy va oltingugurtni, 7-8,5 magniy va molibdenni, 4,5-6 temir va marganetsni, 5-7 bor, mis va ruhni o’simliklar yaxshi o’zlashtirishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. pH bodring uchun – 6-7, pomidor uchun – 5,5-6,5, piyoz uchun – 6,5-7,5, salat uchun – 6-7, selderey uchun – 6,5-7, rovoch uchun – 5,5-7, porey piyozi uchun – 6-7, gulkaram uchun – 6,4-7, rediska uchun – 6-7, ismaloq uchun – 6, bargli karam uchun – 6-8, qovoqcha uchun esa – 6 teng bo’lishi qulay (optimal) deb qabul qilingan.
    Tuproq aralashmasi tarkibida organik moddalar kam (10-15%) bo’lganida tuzlarning yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyasi 0,35-0,45% va ko’p (60-70%) bo’lganida esa – 1,35-1,55% tashkil etadi. Oson eruvchi xlor tuzlari sabzavot ekinlari uchun eng xavfli hisoblanadi.
    Bodring uchun tuproq tarkibidagi xlorni zaharli chegarasi tuproqni mutlaq quruq vazniga nisbatan 0,003-0,007% ni, karam, qovoq va pomidor uchun 0,007-0,02% ni yoki tuproq eritmasida esa ko’rsatilgan ekinlar uchun 0,2-0,3% ni 0,3-1,3% ni tashkil qiladi.
    Himoyalangan yerda nordon tuproqlardan, xususan torfli tuproqdan (pH 4,5-5,5) foydalanganda temir, marganets va harakatchan alyuminiy oksidlarini o’simlikka salbiy ta’sir etishi namoyon bo’ladi. Harakatchan shakldagi temir va alyuminiy miqdori 1 kg mineralli tuproqlar tarkibida 4 mg va torflilarda esa – 6 mg dan oshmasligi kerak.
    O’simliklar uchun ayrim boshqa moddalar ham ruhsat etilgan quyidagi me’yorlardan: 1 kg tuproq bor – 1 mg, mis – 6 mg, kobalt – 6 mg, molibden – 0,5 mg dan oshib ketsa zaharli hisoblanadi. Eruvchan ftoridlar va ftorsilikatlar, rodanli alyuminiy, vanadiy xlorlar (kontsentratsiyasi 1/25000) ham o’simliklar uchun zararli hisoblanadi.
    Ayrim oziq moddalarning ionlari o’rtasida bu moddalarni o’simoikka singishi (kirishi) uchun yordam beruvchi (sinergizm) yoki qarshilik (antagonizm) ko’rsatuvchi munosabatlar yuzaga keladi. Masalan, kaliy, kaltsiy va ayrim mikroelementlarni so’rilishiga fosfor, kaltsiy va temir qarshilik ko’rsatishi mumkin.
    O’simlik ildiz tizimi qanchalik kuchli rivojlangan bo’lib, u qanchalik katta hajmli tuproq aralashmasini egallagan bo’lsa, o’simlik shuncha mineral oziq elementlari bilan yaxshi ta’minlanadi va hosildorligi yuqori bo’ladi. U qalin gumus qatlamli, suv va havo tartibotlari yaxshi bo’lgan tuproqlarda yana ham yaxshiroq va bir tekis rivojlanadi hamda yerning chuqur qismigacha tarqaladi. SHu sababli gumus issiqxona tuprog’i tarkibida 10-12 foizni tashkil etishi kerak.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Himoyalangan yerlarda o’simliklarni mineral oziqlantirish hususiyatlari

    Download 16,04 Mb.