Tuproq aralashmalarini tayyorlash va foydalanish




Download 16,04 Mb.
bet20/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Tuproq aralashmalarini tayyorlash va foydalanish. Himoyalangan yer maydonlarida zarur miqdordagi komponentlarni saqlaydigan va ularni aralashtiradigan 1-2 ta betonlangan maydoncha bo’lishi zarur.
Beda yoki ko’p yillik o’tlar qalin o’sgan maydonlardan chim tuproq tayyorlanadi. O’tlar g’unchalash bosqichida maydon 10-12 sm chuqurlikda haydaladi va chim hamda o’simlik poyalari diskali borona bilan maydalanadi. Oziq moddalar bilan boyitish uchun go’ng va mineral o’g’itlar solinadi. So’ng buldozer bilan balandligini 1,5-2 m, enini 3-4 m va uzunligi ixtiyoricha bo’lgan qatlamli to’plar (shtabel) yig’iladi. SHtabel (to’plargan) yozda suyuq organik o’g’it bilan 2-3 marta sug’orilib aralashtirgich yoki yuk ortgich bilan aralashtiriladi.
Tuproq bir yildan so’ng tayyor bo’ladi. Dala tuprog’i – chim tuproq o’rnida ishlatiladi va u makkajo’xori va dukkakli o’simliklardan bo’shagan unumdorligi yuqori bo’lgan maydonlardan tayyorlanadi. CHirindili tuproq yarimchirigan go’ngdan tayyorlanadi, yozda ikki marta aralashtirib qo’yiladi.
Tuproq aralashmasini tayyorlash uchun to’plangan materiallar elakdan o’tkazilib saqlashga quyiladi. Tuproq aralashmasi oldidan yoki foydalanish oldidan tayyorlanadi, mavjud komponentlar va 33% yangi tuproq yaxshilab aralashtiriladi. Yirik issiqxona kombinatlarida bu tuproq 15-20 yil xizmat qiladi, uning 5-6 sm yuza qatlami har yili olib tashlanib va uni o’rniga solish uchun 15-20% yangi tuproq tayyorlanadi. CHiqarib tashlangan eski tuproqdan 2-4 yildan so’ng, kompostirlanib va zararsizlantirilgandan keyin foydalanish mumkin.
Tuproq aralashmasi o’suv davrining oxirlariga borib zichlashadi. Unda oziq moddalar miqdori kamayadi, qattiq fazasi tarkibi ortib boradi, tuzlar yig’iladi, shuningdek zararkunandalari va kasallik qo’zg’atuvchilar ko’payib o’zining ijobiy xususiyatlarini yo’qotaboradi. SHuning uchun tuproqni to’liq yoki qisman almashtiriladi, zaruriyat bo’lganda g’ovaklashtiruvchi materiallar soladilar, zararsizlantiriladi va yuviladi.
O’zbekistonda almashinmasdan foydalaniladigan tuproq aralashmasiga har yili asosiy ekin ekilishidan oldin har 1 m2 ga 20-25 kg dan go’ng solinadi. Mineral o’g’itlar bo’lib-bo’lib (drobno) solinadi: asosiy o’g’itlashda fosforli o’g’itlar 100% va kaliylilari – 50% gacha, azotning ko’p qismi oziqlantirishda beriladi.
Tuproq zichligi ko’payib 1,0 g/sm3 ga yetsa unga g’ovaklashtiruvchi materiallar solinadi. Ularni solish davrida asosiy oziqlantirishda yuqori miqdorda azotli o’g’it berish zarur. Ammo tuproq tarkibidagi azot miqdori 60-70 mg/kg dan oshib ketmasligi kerak. G’ovaklashtiruvchi materiallar O’zbekistonda, Rossiyaning o’rta mintaqalariga nisbatan ko’p solinishi kerak (tuproq aralashmasi hajmiga teng va hatto undan ko’p hajmda).
Issiqxonalar tuproqlaridan surunkali foydalanganda ularni sog’lomlashtirish, har yili zararsizlantirish (dezinfektsiya) va yuvish hisobiga o’tkaziladi. Zamonaviy issiqxonalarda kimyoviy yoki termik (par, qizigan quruq havo, elektr yordamida) zararsizlantirish usullari qo’llaniladi. Par yordamida zararsizlantirish eng samaralidir.
O’zbekistonda yoz faslida quyosh nuri bilan qizdirib issiqxonalar zararlantiriladi. Buning uchun tuproq yumshatilib (chopilib), inshoot zararsizlantiruvchi moddalar bilan ishlanib 2-3 haftaga to’liq yopib qo’yiladi, bu davrda nur o’tkazadigan qoplamalari chang va boshqalardan tozalangan bo’lishi kerak. Uni yoz faslining iyul oyida issiqxonalar ekinlardan bo’shagan davrda o’tkaziladi. Bunda tuproqning haydalma qatlamidagi harorat 70°S gacha ko’tariladi.
Tuproq qizdirilib yoki par yordamida zararsizlantirilganidan so’ng uni tarkibidagi tuzlarning umumiy kontsentratsiyasi yuvib kamaytiriladi. Yuvish 5-8 soat oralatib 3-5 marta o’tqaziladi va har m2 200-400 l suv sarflanadi. Yuvishdan tashqari issiqxona tuprog’iga 2-2,5 m chuqurlikka gorizontal joylashtirilgan aylanma zovurlardan tuzlarning singib o’tishi oldini olish chora tadbirlari ham nazarda tutilishi kerak.

Download 16,04 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproq aralashmalarini tayyorlash va foydalanish

Download 16,04 Mb.