|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 23/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka1-jadval. Tuproqni oziq moddalar bilan ta’minlanganligiga ko’ra o’g’itlarni me’yorlari.
Oziqali moddalar bilan ta’minlan-ganligi
|
Ta’sir etuvchi modda hisobida o’g’itlarni me’yori, kg/ga
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
MgO
|
Pomidor
|
Past
|
315-250
|
600-450
|
1000-780
|
250-150
|
Me’yordan past
|
250-190
|
450-230
|
780-170
|
150-100
|
Qoniqarli
|
190-130
|
230-0
|
570-390
|
100-60
|
Me’yordan baland
|
130-60
|
0
|
390-180
|
50-30
|
Ortiqcha
|
60-0
|
0
|
180-0
|
30-0
|
Bodring
|
Past
|
252-162
|
600-450
|
390-260
|
70-50
|
Me’yordan past
|
168-84
|
450-230
|
260-130
|
60-30
|
Qoniqarli
|
84-0
|
230-0
|
130-0
|
30-0
|
Me’yordan baland
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Ortiqcha
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Tuproq aralashmasini eng chegaraviy kontsentratsiyasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda: V – organik moddalarni tarkibi (miqdori), foizda.
CHet davlatlarda ko’pchilik issiqxona kombinatlari tahlilni hajmiy uslubiga o’tganlar, bu nam tuproqda oziq elementlar tarkibini tez va yetarli aniq aniqlash imkonini beradi. O’zbekistonda bu uslub qo’llanilmaydi, chunki u hajmiy og’irligi 0,3-0,8% bo’lgan va g’ovakliligi 60-90% bo’lgan tuproqlar uchun ishlab chiqilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda o’g’itlarga talabni, rejalashtirilgan hosil bilan chiqib ketadigan oziq moddalar bo’yicha aniqlash uslubi ham qo’llaniladi. O’zbekistonda bu uslub ham hozircha qo’llanilmaydi, chunki o’g’itlar bilan solinadigan va tuproqda mavjud oziq elementlardan foydalanish koeffitsientlarini hisobga olishni talab qiladi, ular juda o’zgaruvchandir.
Asosiy o’g’itlashda mineral o’g’itlarni to’liq me’yorlari solinadi, keyinchalik ekin ekilgandan 4-5 hafta o’tguncha qo’shimcha oziqlantirish o’tkazilmaydi. O’suv davomida tuproqda azot, fosfor, kaliy, magniy tuzlarini umumiy kontsentratsiyasi va pH ni oyda bir marta tahlil qilib turiladi. Asosiy o’g’itlash singari hisoblangan, o’g’itlar me’yorini bo’lib-bo’lib, bir oyda 3-4 oziqlantirishda solinadi. Urug’ unib chiqqandan boshlab gulga kirguncha o’simliklar 10% gacha oziqali moddalarni sindiradi, meva tugunchalari paydo bo’lguncha – 20%, ularni asosiy vazni (70-80%) esa hosilga kirgan davrda o’zlashtiriladi. SHu bois birinchi oziqlantirilgandan so’ng, keyingilarini har 10 kunda bir olib boriladi.
O’simliklar tomonidan ayrim oziqali mineral elementlarni singdirilishi yoritilganlik darajasiga bog’liq. Quyoshli ob-havoda o’simliklar ko’proq azotni va kamroq kaliyni singdiradi, bulutli havoda aksincha. SHu bois yorug’lik yetarli bo’lmaganda qo’shimcha oziqlantirishda azot va kaliyni 1:2 nisbatda, yaxshi bo’lganda 1:1 nisbatda qo’llaniladi.
Tuproq aralashmasini reaktsiyasi ishqorli, tuproq harorati past bo’lganda, ildizlar qisman shikastlanganda, ya’ni oziq elementlarni o’simliklar bemalol o’zlashtiraolmayotgan vaqtda ildizdan tashqari – barglar orqali qo’shimcha oziqlantirishga zaruriyat tug’iladi. Ammo, bunga ishqivoz bo’lmaslik (qiziqib ketmaslik) kerak, chunki tez-tez ildizdan tashqari oziqlantirish, barglarni qarishini tezlatadi.
Jami bir aylanishda qo’shimcha oziqlantirish uchun 1 ga hisobida: bodringga 300-350 kg azot, 450-500 kg kaliy, pomidorga – 200-250 kg azot va 120-170 kg kaliy beriladi.
Ayrim xo’jaliklarda qo’shimcha oziqlantirish uchun organik o’g’itlarni turli xillaridan foydalaniladi. Ular dastlab achitiladi, solinadigan kunda esa: parranda tezagiga – 10-12 baravar, mol go’ngiga – 3-5 baravar, go’ng sharbatiga esa – 2-4 baravar ko’proq suv qo’shib suyultiriladi. Organik oziqlantirishni mineral bilan navbatlab almashtirib turish kerak, chunki birinchisi tuproqni mikroflora va oziq elementlar bilan havoni esa – karbonat angidridi gazi bilan, ikkinchisi – oson o’zlashtiriladigan shakldagi oziq moddalar bilan boyitadi.
Ildiz va barglar kuyib ketmasligini oldini olish uchun qo’shimcha oziqlantirish nam tuproqlarda olib boriladi, undan so’ng barglardagi o’g’itlar toza suv bilan yuviladi.
Himoyalangan yerlarda ildizdan tashqari qo’shimcha oziqlantirish ham qo’llaniladi. Ularni qishda yorug’lik, havo va tuproq harorati past, ildiz tizimini faoliyati uchun sharoitlar maqbul bo’lmagan vaqtlarda ayniqsa samaralidir. Bodringni ildizdan tashqari, qo’shimcha oziqlantirish uchun 0,3% li oziqali eritmadan foydalaniladi, uni 10 l tarkibida 10-12 g superfosfat (suv so’rimi), 10-12 g kaliyni bir almashgan nordon birikmasi 5-7 g, ammiakli selitra yoki mochevina; pomidor uchun 10 l suv tarkibida yuqoridagi elementlar (8-10, 10-15 va 15 g) bo’lgan oziqali aralashmadan foydalaniladi. Ildizdan tashqari qo’shimcha oziqlantirishni bulutli havoda kun davomida, quyoshli kunlarda kechki vaqtda, barg sathida namni parlanishi pasayganda o’tkazish kerak, aks holda barglarni kuydirishi mumkin. 1000 m2 issiqxonaga 250-300 l ishchi eritma sarflanadi. Ildiz orqali oziqlantirish ildizdan tashqari oziqlantirish bilan bog’lab olib boriladi.
O’simliklarni ildizdan tashqari oziqalar eritmasi bilan oziqlantirishni zararkunanda va kasalliklarga qarshi zaharli moddalarni qo’llash bilan bir vaqtda o’tkazish mumkin. Bu holatlarda tayyorlangan eritma aralashmalari ayrim o’simliklarda sinab ko’riladi. Ayrim ildizdan tashqari oziqlantirishda antikrazin preparatini ham qo’llaydilar.
Himoyalangan yerlarda sabzavotlarni yetishtirishda zaruriyat bo’lganda o’g’itlarni mikroelementlar bilan birga qo’llash kerak. Ular bilan oziqlantirishda 1 kg tuproqda harakatchan shakldagi: mis – 1,1-3,8 g, bor – 0,3-0,5 g, marganets – 11-15 g, tsink – 2-3 mg va molibden – 0,2-0,3 mg miqdorda bo’lganda oziqlantiriladi. O’simliklar g’unchalash boshlanganda va hosilga kirgan davrlarda mikroelementlar bilan qo’shimcha oziqlantirishga talabi kuchayadi. Mikroelementlar birinchi marta ko’chat davrida va ikkinchi marta gullash bosqichda qo’llaniladi. Mikroo’g’itlarni eritmasi oldin yuqori kontsentratsiyada tayyorlanadi, so’ng bunday eritmadan mikroo’g’itli oziqali eritmani tayyorlashda foydalaniladi. Mikroo’g’itlarni kuchli kontsentratsiyali eritmasini tayyorlashda 1 l suvda: 2,86 g bor kislotasi, 1,8 g marganets sulfati 0,2 g tsink sulfati, 0,08 g mis sulfati, 1,5-1,7 g temir sulfati ammoniyning molibdenli nordon birikmasi 0,01 g miqdorda eritiladi. Bu eritmani 10 m3 li miqdori 10 l makroo’g’itli oziqali eritmaga qo’shiladi va u ildizdan tashqari oziqlantirishda foydalaniladi. 1 ga eritma sarfi 500-600 l.
Mikroelementlar fiziologik juda faol moddalar ekanligini unutmaslik zarur. Ularni yetishmovchiligi, ham me’yordan oshib ketishi o’simliklar uchun zararli. Ko’pchilik mikroelementlar og’ir metall hisoblanadi va inson uchun zararli. SHu bois mikroelementlarni qo’llash asoslangan bo’lishi kerak.
|
| |