|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 22/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka18-rasm. RUM-8,5 mineral o’g’itlarni sochgichni umumiy ko’rinishi:
1 – rama; 2 – sochgich apparat; 3 – dozator; 4 – bunker; 5 – sochish me’yorini belgilovchi mexanizm; 6 – maxovik; 7 – kardan o’qi.
Qo’shimcha oziqlantirishda mineral o’g’itlarni yomg’irlatib sug’orilayotganda berish yaxshi. Sug’oriladigan moslamalarni pastki holatida ildiz orqali, yuqori holatida esa ildizdan tashqari (tuproq ustki qismi) oziqlantirish ta’minlanadi.
O’zbekistonda ko’pchilik issiqxonalarda yomg’irlatish tizimlari bo’lmaganligi uchun oziqlantirish shlangalar yoki egatlar orasiga quruq o’g’itlarni sochish yo’llari orqali beriladi.
Yirik issiqxonalarda eritmalarini (aralashmalarni) tayyorlash va ularni sug’orish tizimlariga yo’naltirish markazlashtirilgan.
Ildiz orqali oziqlantirishda o’g’itlarni umumiy miqdori m2 ga 70 g dan, aralashmani umumiy kontsentratsiyasi esa 0,7% dan ko’payib ketmasligi (maqbul 0,15-0,20%) kerak. Bir oziqlantirishda eritma sarfi 8 l/m2, sug’orish davomiyligi 10 minut. Quruq o’g’itlarni tuproq yuziga sochib so’ng tuproqni yumshatish orqali pastga tushirish o’simliklarni ildiz tizimini shikastlanishiga olib kelishi mumkin. SHu bois o’g’itlarni sochib solishdan chetlanmoq kerak. Ularni sug’orish bilan birga berish yaxshiroqdir.
O’g’itlarni berish tizimi. O’simliklarni oqilona oziqlantirish tizimi yetishtiriladigan ekinlarni xususiyatlarini, ularni oziq elementlarni o’zlashtirish jadalligini, tuproq tarkibidagi oziq elementlarni hisobga olishi kerak.
Qo’shimcha o’g’itlarga talab tuproq tarkibida organik o’g’itlarni, ularni oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini, foydalaniladigan o’g’it turlarini inobatga olib hisoblanadi.
Asosiy o’g’itlashdan oldin tuproq tarkibida organik moddalar, uni nisbiy va hajmiy vazni, chegaralangan dala nam sig’imi, g’ovakligi, o’zlashtiriladigan (singdiriladigan) shakldagi azot, fosfor, kaliy va kaltsiy, magniy hamda xlor, tuzlar umumiy kontsentratsiyasi va pH ni aniqlaydilar.
Oziq elementlar tarkibining maqbul darajasi, asosiy o’g’itlashdan hamda o’suv davrida qo’shimcha oziqlantirishdan oldin quyidagi formulalar bo’yicha hisoblanadi:
bunda:
A –mutlaq quruq tuproqda kaliyni optimal tarkibi, mg/100 g;
B – tuproqda azotni optimal tarkibi (ammiakli va nitratli), mg;
G – 100 g tuproqda magniyni optimal tarkibi, mg;
V – 100 tuproqda organik moddalarni tarkibi, %.
Tuproqda oziq moddalarni tarkibi quyidagicha tavsiflanadi: A, B, G 1/3 gacha past; qoniqarli – 1/3 dan to 2/3 gacha; me’yorida 2/3 dan to 1 gacha; yuqori – 1 dan to 1/3 gacha va baland – 1-1/3 A, B, G dan yuqori.
Fosforni tarkibi aniqlanilganda quyidagi shkaladan foydalaniladi (organikani me’yori hisobga olinmaydi): past 100 g tuproqda 0-2 mg; qoniqarli 2-4; me’yorida 4-6; yuqori 6-8 va baland 8 mg dan yuqori.
O’zbekiston sharoitidagi tuproqlarda organik moddalarni tarkibi 30% sezilarli kam bo’lganda, asosiy o’g’itlashda mineral oziqali elementlarni quyidagi me’yorlarda solish zarur (1-jadval).
Asosiy o’g’itlashda mineral o’g’itlarni haydash oldidan yoki frezalash oldidan solinadi. Ularni go’ng bilan birga ham solish mumkin, lekin bunda u tahlil qilinishi solinadigan oziq elementlarni miqdorini hisoblashnishi va shunga ko’ra minerallarni me’yori tegishlicha kamaytirilishi kerak.
Mineral o’g’itlarni hisoblash kaliylilardan boshlanadi. Keyinchalik kaliyli selitra bilan tushadigan azot miqdorini aniqlash uchun. O’g’itlarni me’yorini aniqlashda, tuproq aralashmasini kontsentratsiyasi ruxsat etilganidan oshib ketmasligini kuzatib borish kerak.
|
| |