|
O’simliklarni mineral oziqalar bilan ta’minlash yo’llari
|
bet | 18/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaO’simliklarni mineral oziqalar bilan ta’minlash yo’llari. O’simliklarni mineral oziqlanishini boshqarish eng murakkab bo’lgan omildir. Himoyalangan yerda o’simliklarni ildizi orqali oziqlantirish muammosi quyidagi asosiy yo’llar bilan hal etiladi:
O’zida mavjud bo’lgan yaxshi o’g’itlangan va unumdorligi yuqori tuproqlardan foydalanish;
Organik va mineral o’g’itlar qo’shib, turli komponentlardan hosil bo’lgan oziqali tuproq aralashmasini yaratish;
Kelib chiqishi organik (yog’och qipig’i, somon, daraxt qobig’i torf, sholi to’poni va boshqalar) moddalarga boy bo’lgan va ularni oziqali eritmalar bilan ho’llab tuproq o’rnida qo’llash;
O’simliklarni tuproqsiz muhitda o’stirish, bunda ularni oziqlantirish rezervuardagi (idishdagi) mavjud oziq eritmalardan (suv ekini) yoki vaqti-vaqti (davriy) bilan havoga beriladigan (aeroponika) yoki inert qattiq materiallardan agregatlangan ildiz joylashgan muhitga (agregatoponika) beriladigan oziqa eritmalarini yutilishi orqali amalga oshiriladi.
Oziqali tuproq aralashmasini tuproqli aralashma, tuproq o’rnida qo’llaniladigan granullangan inert materiallar va kelib chiqishi organik moddalardan tarkib topgan aralashmalarni esa substratlar deb nomlash qabul qilingan. Organik moddalarga mansub bo’lgan, oziqali eritmalar bilan ho’llanib tuproq o’rnida foydalanadigan muhitda o’simliklarni o’stirish xemokultura (xemoekin) deb ataladi.
Sabzavotlarni tuproqsiz, uni o’rnida kelib chiqishi turlicha bo’lgan materiallardan va faqat oziqa eritmalar hisobiga oziqlantirilib o’stirish – gidroponika deb nomlanadi. Bu uslubni bir necha tur xillari mavjud: suvli ekinlar, aeroponika, ionitoponika va agregatoponikalardir.
Himoyalangan yerda o’simliklarni mineral oziqlantirish muammosini hal etishni asosiy yo’li – oziqaga boy tuproq aralashmasidan foydalanishdir. Tuproq aralashmasi tarkibi, foydalanadigan komponentlar (aralashmalar), o’stiriladigan ekinlar, himoyalangan yer turi, yilning davri va boshqa omillar ko’ra, keng doirada o’zgarishi mumkin.
O’zbekistonda issiqxona yeri sifatida o’zini tuprog’idan foydalaniladi, u issiqxonani qurishda organik moddalar (20-40 kg/m2 somon aralash go’ng solib) va mineral o’g’itlar solib boyitiladi hamda uni g’ovaklashtirish uchun sholi to’poni, somon, qipiq, ko’sak qovachalari solinadi. Issiqxona tuprog’i keyinchalik har yili organik moddalar bilan o’g’itlanib boriladi.
Tuproq o’rnida kelib chiqishi organik bo’lgan substratlar tuproq aralashmasiga nisbatan kam qo’llaniladi. Ular ko’pincha u yoki bu organik substratlar katta miqdorda bo’lgan joylarda foydalaniladi. Yevropaning shimoliy va shimoliy g’arb mamlakatlarida torfning turli xillaridan, o’rmon korxonalari, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuz-qog’oz sanoatiga yaqin joylashgan issiqxonalarda esa qipiq va daraxt qobiqlaridan (po’sti) substrat sifatida keng miqyosida foydalaniladi. Donli o’simliklar somoni bahorgi plyonkali issiqxonalarda qo’llanilmoqda.
Sabzavotlarni gidroponikaning turli xillarida yetishtirish, uni qurish va jihozlar bilan ta’minlash katta kapital harajatlar bilan bog’liq bo’lib, mablag’ va katta yuqori malakali agrokimyo xizmatini talab qiladi.
|
| |