|
Issiqlik tartibotini sozlash uslublari
|
bet | 14/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIssiqlik tartibotini sozlash uslublari. Himoyalangan yerlarda issiqlik tartibotlarini boshqarish mumkin. Issiqlik yetishmaganda uni quyosh radiatsiyasi orqali tutib turish, issiqlik sarfini kamaytirish, sun’iy isitishni qo’llash hisobiga yaxshilash mumkin; issiqlik oshib ketganda – qizib ketmaslik choralari ko’riladi.
Isitilmaydigan himoyalangan yerlarda, issiqlik balansini kirim qismi faqat quyosh radiatsiyasidan yutilgan energiyaga bog’liq. Quyosh yorug’ligini ko’rinadigan spektr qismi, yorug’lik o’tkazuvchan materiallar orqali o’tib, inshoot ichida tuproq, havo, o’simliklarni, uskunalarni qizdirib, issiqlik radiatsiyasiga aylanadi. Qizigan predmetlar issiqlik tarqatadi
Issiqlik nurlari oynada va qisman polimer plyonkalarda ushlanib qoladi. Buning oqibatida, har qanday isitilmaydigan inshootlarda issiqlik to’planadi va harorat tashqi haroratdan yuqori bo’ladi. Bu hodisa parnik yoki issiqxona samarasi deyiladi.
Inshootlar atrof muhitga qaraganda iliqroq bo’lib, o’zini issiqligini to’siqlarni yuzi orqali yo’qotadi. To’siq maydoni va uni tashqi haroratdan farqi qanchalik katta bo’lsa, uni issiqlik chiqarishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Quyosh orqali isitish faqat bahor va kuzgi vaqtlarda qo’llaniladi. Qo’sh qavatli to’siqlarni qo’llash (2-3 sm havoli bo’shliq qoldirib) O’zbekiston sharoitida plyonkali inshootlardan qishda ham foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Ammo qattiq sovuq tushadigan holatlar uchun favqulotdagi holatlarda qo’llaniladigan isitish moslamalari mavjud bo’lishi kerak.
Isitilmaydigan inshootlarni kamchiligiga quyidagilar kiradi: foydalanish davrini qisqaligi, isitish bir me’yorda bo’lmay sutka davomida haroratni katta o’zgaruvchanligi; erta bahorda sovuqlarni qaytalash ehtimoli borligi va o’simliklarni zararlanishi; issiqlik tartibotini sozlash qiyinligi. 1 2 Quyosh radiatsiyasi Isssiqlik va yorug’lik tuproq tuproq orqali isssilikni sarflanishi 3 4 5 6 7 60 Sun’iy
Sun’iy isitilganda issiqlik balansini kirim qismiga sun’iy isitkichlardan keladigan issiqlik ham kiradi. Ammo bu holatda ham issiqlik balansini asosini radiatsion balans tashkil qiladi. SHu bois barcha himoyalangan yer inshootlarida, quyosh radiatsiyasini tutish va uni saqlashni yaxshilaydigan tadbirlarni qo’llashga to’g’ri keladi. SHuni aytish zarurki, tabiiy yorug’likdan foydalanishni yaxshilaydigan yuqorida keltirilgan barcha uslublar, quyosh radiatsiyasidan keladigan issiqlikni yaxshiroq tutishini ta’minlaydi.
Quyosh radiatsiyasidan tushadigan issiqlikni saqlanishi ko’p darajada, to’siqlarni issiqlik nurlarini o’tkazuvchanligi bilan bog’liq. Polimer plyonkalar oynaga nisbatan issiqlik nurlarini yaxshiroq o’tkazadi, shu bois plyonkali issiqxonalarda kunduzgi vaqtdagi havo harorati odatda oyna ostidagi shu toifadagi inshootlarga qaraganda yuqori bo’ladi. Tundagi harorat plyonka ostida oyna ostidagiga nisbatan ancha past bo’lib, ochiq yerdagi sharoitga yaqinroq. Kunduzgi va tundagi haroratni shunchalik keskin farqlanishi, plyonkali inshootlarda haroratni katta o’zgarishiga olib keladi.
Plyonkali issiqxonalarda issiqlik tartibotini barqarorligini oshirish uchun qo’sh qavatli qoplamalar qo’llaniladi, o’simliklar qo’shimcha tonnel (yarim yoy) sinchli plyonkalar bilan yopiladi, tuproq ostiga issiqlikni yo’qolishiga yo’l qo’ymaydigan materiallar (issiqlik izolyatorlari) joylashtiriladi. Parniklarda romlardagi oynalarini butunligi kuzatiladi, kechasi to’shaklar (bordon) bilan yopiladi, yon devorchalar bo’ylab bioyonilg’idan “shinelkalar” (shinelga o’xshash) o’rnatiladi.
Tirqishlar orqali issiq havoni yo’qotilishi hisobiga sarflanadigan issiqlikni oldini olish lozim. Vaholanki bu sarflar havoda solishtirma issiqlik sig’imini kichik bo’lishi (0,3 kkal/m3 ) hisobiga sezilarli ko’p bo’lmasada, ammo u bilan kurashish zarur. Hatto yaxshi yopiladigan issiqxonalarda ham, havo bir soat davomida ikki-uch marta almashtiriladi. Oynalar orasidagi tirqishlar va boshqa tuzatilmay qolgan nuqsonlarni mav-judligi bu almashinuvni kuchaytiradi. Yirik issiqxonalarda oynalarni tutashgan joylari va oyna o’rnatilgan choklar (elastik) qayishqoq mastikalar (mumsimon modda) bilan zich berkitiladi, qoplama devorchalari va tarnovlar orasidagi tirqishlar kamaytiriladi, parniklarda – romlar zich joylashtiriladi, oynalarni yoni yaxshilab surguchlanadi.
Himoyalangan yerlarda issiqlik tartibotini sozlashni samarali uslubi sun’iy isitishni qo’llashdir. Sabzavotchilikda biologik va turli xil texnik isitish (suvli, havoli, elektr, gazli va boshqalar) usullari qo’llaniladi.
CHet davlatlarda isitiladigan issiqxonalar issiqlik tartibotini avtomatlashtirilgan holda sozlaydigan tizimlar bilan jihozlangan. Bu tizimlar tashqi muhit sharoitlarini (yorug’lik va haroratni) hisobga oladi va EHM yordamida mikroiqlimni va energiyani iqtisod qiluvchi sozlash buyruqlarini beradi. U harorat dasturini yoritilganlik o’simlikni yoshi va boshqa omillarni hisobga olib, isitish va shamollatish tizimlarini ishi bilan kelishgan holda muntazam differentsiyalashga (tabaqalashtirishga) imkon beradi.
O’zbekistonda bahor va yozning quyoshli kunlarida parnik va issiqxonalarni shamollatish, havo haroratini tegishli maqbul darajagacha kamaytirishni ta’minlayolmaydi. Bu holatlarda, shamollatishdan tashqari ortiqcha qizib ketishni oldini oladigan boshqa usullar qo’llaniladi.
Ularga birinchi navbatda, yuqorida “Yorug’lik tartiboti” bo’limida keltirilgan xonalarga ortiqcha quyosh radiatsiyasi kirishini kamaytiradigan usullarni qo’llash lozim. SHu bilan bir qatorda me’yordan ortiq qizib ketishga qarshi kurashish uchun ortiqcha issiqlikni yo’qotish uslublari ham qo’llaniladi. Masalan, issiqxona ichida suvni har tomonga sachratish. Suv parlanganda, issiqlik yutiladi, tuproq va o’simliklar hamda havo soviydi. Natijada issiqxonadagi havo harorati 5-6°S ga pasayadi. Plyonkali issiqxonalarda o’simliklarni ortiqcha qizib ketishni kamaytirishni istiqbolli uslublariga, devorlarni namlash va tuman hosil qiladigan sovutgich kameralar uslubini qo’llash, bunda tashqi havo xonaga suriladi. Me’yordan ortiq isib ketishga qarshi kurashishda konditsionerlarni qo’llash ham qiziqarli hisoblanadi, ular sovuq vaqtda xonalarni isitadi, issiq kunlarda – uni sovutadi.
|
| |